1, 2, 3, qarsak

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlashdan oldin tayyorlagan joyingiz qulay va bola uchun xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling. Bolangizni oʻzingizga qaratib oʻtqizing. Siz uni stul, gilamcha yoki polga toʻshalgan yumshoq adyol ustiga oʻtqizishingiz mumkin.

Qarsak chalish ketma-ketligi va tezligini oʻylab toping va qofiyali sheʼrlar aytib qarsak chaling:

Qanday zavqli, qanday zavqli,

Qanday zavqli bu oʻyin (qarsak chalinadi).

Qarsaklar, qarsaklar,

Bir, ikki, uch (uch marta qarsak chalinadi).

Qarsaklar, qarsaklar,

Bir, ikki, uch (uch marta qarsak chalinadi).

Farzandingizga takrorlashni taklif qiling, u ham oʻz sheʼrini aytsin. Qoʻshiq yoki sheʼr taktidan ortda qolmaslik uchun qarsaklar bilan birga polni yengilgina tepishingiz ham mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq bilan siz bolangizga muloqot uchun imo-ishoralarga taqlid qilishga va qoʻshiq ritmiga mos ravishda qarsak chalib, qoʻl mushaklarini mustahkamlashga yordam berasiz. Shuningdek, bu mashgʻulot bolangizning koʻrish qobiliyati va harakat muvofiqligini hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirishda ham yaxshi foyda beradi.