Maxfiylik siyosati
Mazkur Maxfiylik siyosati Bebbo ilovasiga taalluqli – u farzand tarbiyasi yo’lidagi hamrohingizdir. Bebbo ilovasi 0 dan 6 yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalarning ota-onalariga ma'lumot va yo'l-yo'riq berish uchun yaratilgan. Ushbu Maxfiylik siyosati ilova sizning ma'lumotlaringizni qanday to'plashi, ishlatishi va saqlashini hamda sizning ma'lumotlaringiz qanday himoyalanishini tasvirlaydi.
Ushbu siyosatda "shaxsiy ma'lumotlar" deganda bizga sizni, farzandingizni yoki Bebbo ilovasiga kirib, uni ishlatayotgan qurilmangizni aniqlashga imkon beruvchi har qanday ma'lumot tushuniladi.
Bebbo ilovasidan foydalanish 18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoki o'smirlar uchun mo'ljallanmagan.
Iltimos, ilovani ishlatishdan avval Maxfiylik siyosatimizni diqqat bilan o'qing. Bebbo ilovasiga kirish va undan foydalanish orqali siz ushbu Maxfiylik siyosati shartlariga rozilik bildirgan bo’lasiz.
"Siz", "sizning" va "foydalanuvchi" atamalari Bebbo ilovasiga kiruvchi yoki undan foydalanuvchi kishi sifatida sizga taalluqli hisoblanadi.
Maxfiylik siyosati nimalarni qamrab olmaydi?
Bebbo ilovasida ushbu Maxfiylik siyosatida ko'zda tutilmagan boshqa sahifalar yoki xizmatlarga havolalar bo'lishi mumkin. Bu tashqi manbaga havolalar ko’rsatilib, yuklab olingan maqolalarni o'z ichiga olishi mumkin.
Ushbu Maxfiylik siyosati faqat UNICEF va uning vakolatli milliy hamkorlari tomonidan Bebbo ilovasidan foydalanish bilan bog'liq ma'lumotlarni qayta ishlashga taalluqlidir. Ilova yoki uning kontenti havola qilayotgan sizning ma'lumotlaringizni har qanday uchinchi tomon internet sahifasi yoki xizmati tomonidan yig'ish, foydalanish va qayta ishlash uchinchi tomon maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi.
Uchinchi tomon sahifasidan faol foydalanishdan avval, ularning Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati bilan tanishish va ularning sizga ma’qulligiga ishonch hosil qilish qat’iy tavsiya etiladi.
Quyida tasvirlanganidek, ma’lumotlar turli manbalardan olinadi:
Ilovadan foydalanganingizda avtomatik ravishda to'planadigan anonim ma'lumotlar.
Ilgari ta'riflangan anonim ma'lumotlar foydalanuvchilarning umumiy sonini, turli funktsiyalarni necha marta ishlatganlari va ilovaning kontentini takomillashtirish maqsadida kuzatib boriladi. Bu ma'lumotlar faqat tahlil qilish va foydalanuvchiga xizmatlarni yaxshilash uchun ishlatiladi.
Ma'lumot va axborotlarni saqlash
Farzandingizning yoshi va jinsiga mos keluvchi kontentni taklif etish uchun farzandingiz tug'ilgan sanasi va jinsi to’g’risidagi ma’lumotni kiritishingiz zarur. Bu funktsiyalar sizga ilova orqali farzandingizning ulg’ayishi va rivojlanishini, shuningdek, emlash va tibbiy ko'rikdan o'tish sanasini kuzatib borish imkonini beradi.
Ilova ota-ona yoki bolaning shaxsini aniqlaydigan ma'lumotlarni to'plamaydi va ularni avtomatik ravishda hech qanday tashqi serverda saqlamaydi. Ilovaga kiritilgan barcha ma'lumotlar faqat foydalanuvchining shaxsiy qurilmasida – telefonida saqlanadi. Foydalanuvchilar Google va Applening tegishli maxfiylik siyosatiga muvofiq (smartfonlarida qaysi operatsion tizim o'rnatilganligiga qarab) o'z qurilmalarida saqlanadigan barcha ma'lumotlar uchun javobgardirlar.
Quyidagi havola orqali Google va Apple maxfiylik siyosati haqida ko'proq bilib olishingiz mumkin:
https://policies.google.com/privacy
https://www.apple.com/legal/privacy
Ilova foydalanuvchining shaxsiy aqilli qurilmasida joylashgan shifrlanmagan ma'lumotlar bazasidan iborat. Ma'lumotlar bazasida ilova to’g’risidagi umumiy ma'lumotlar o’rin egallagan, masalan o’yin haqida ma’lumotlar, maslahatlar, tez-tez beriladigan savollar, shuningdek, ota-ona farzandi haqidagi ilovaga kiritgan barcha ma'lumotlar, masalan, tanlangan hodisalar, emlashlar va boshqalar kiradi. Ma'lumotlar bazasida hech qanday shaxsiy ma'lumotlar saqlanmaydi.
Ma'lumotlarni zaxiralash
Ota-ona barcha ma'lumotlarni zaxiralashni tanlashi mumkin (masalan, agar foydalanuvchi barcha ma'lumotlarni o’zining boshqa aqilli qurilmasiga yuklamoqchi bo'lsa). Bunday holda, faqat foydalanuvchi o’z qo'li bilan amalga oshirishi mumkin bo'lgan harakatga asoslanib, barcha matnli ma'lumotlardan nusxa ko’chiriladi va foydalanuvchining shaxsiy Google Diskiga yoki qurilmadagi fayllar saqlanadigan joyga saqlanadi.
Zaxira faylida saqlanadigan foydalanuvchi ma'lumotlari xavfsizlik maqsadida shifrlangan bo'ladi.
UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi ilovada to'plangan ma'lumotlardan qanday foydalanadi?
Foydalanuvchi UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi foydalanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni to'plamasligi, uchinchi tomonga sotmasligi, biron evazga taklif etmasligi yoki boshqa yo'l bilan berib yubormasligiga ishonchi komil bo’lishi mumkin.
Ilova tahlillari va uni takomillashtirish
UNICEF va uning hamkorlari ilovada to'plangan ma'lumotlardan foydalanishi mumkin, masalan, foydalanuvchining ilovadagi harakatlari yoki ilovada mavjud so'rovlarga foydalanuvchilarning taqdim etgan javoblari, kabi. Bu so'rovlar foydalanuvchi tomonidan to’ldirilgan yoki to’ldirilmagan bo'lishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar ilovadan foydalanishni monitoring va tahlil qilish, ilovaning ish faoliyatini yaxshilash va samaradorligini oshirish uchun ishlatiladi.
Jamlangan ma’lumotlar
UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi ilovani yaxshilash uchun ishlov berilgan anonim ma'lumotlarni, shuningdek ilovada statistik tahlil uchun to'plangan ma'lumotlarni guruhlarga ajratishi va jamlashi mumkin. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi jamlangan ma'lumotlarni targ’ibot yoki tadqiqot kabi boshqa qonuniy maqsadlarda ishlatishi mumkin. Shu tarzda olingan natijalar anjumanlar, jurnallar va boshqa nashrlar orqali bizning hamkorlarimiz, tarafdorlarimiz, o'qituvchilar va tadqiqotchilar kabi, uchinchi tomonlar bilan baham ko’rilishi mumkin.
Huquqiy jihat
Ilova noshiri shaxsiy ma'lumotlarni, ya'ni ilovadan o'z qurilmasidan foydalanayotgan ota-ona yoki ma'lumotlari kiritilgan bola shaxsini aniqlaydigan ma'lumotlarni to’plamaydi yoki ularga ishlov bermaydi.
Uchinchi tomon internet sahifalari, ilovalari va xizmatlari
Ilovada ushbu Maxfiylik siyosati taalluqli bo’lmagan boshqa sahifalar yoki xizmatlarga havolalar ko’rsatilgan bo'lishi mumkin. Bunga UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi nazorati ostida bo'lmagan, o’zida tashqi manbaga havolani mujassam etishi mumkin bo’lgan maqolalarni joylashtirish misol bo’la oladi.
Mazkur Maxfiylik siyosati sizning ushbu ilovadan foydalanishingiz bilan bog'liq ma'lumotlarni faqat UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan qayta ishlashga taalluqlidir. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi taqdim etilgan havola orqali ilova murojaat etayotgan uchinchi tomon internet sahifasi yoki xizmatlarining xavfsizlik va maxfiylik siyosati uchun javobgar emas. Shuni yodda tutingki, ushbu Maxfiylik siyosatining shartlari tashqi sahifalar yoki kontentga, shuningdek, tashqi sahifalar bilan bog’liq har qanday ma'lumotlarni yig'ilishiga taalluqli emas.
Biz bilan bog’laning
Agar sizda maxfiylik va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish bilan bog'liq savollaringiz yoki mulohazalaringiz bo'lsa, biz bilan quyidagi manzil orqali bog'laning:
bebbo@innocenter.uz
Roziligingiz
Bebbo ilovasidan foydalanar ekansiz, siz uning onlayn tarzdagi maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan bo’lasiz.
Oxirgi yangilanish: 2021 yil 11-avgust