Foydalanish shartlari

Foydalanish shartlari

Bebbo ilovasidan ("Bebbo") foydalanar ekansiz, siz ushbu shartlarga rozilik bildirgan bo’lasiz. Agar siz ushbu shartlarga rozi bo'lmasangiz, Bebbodan foydalanmasligingiz kerak.


Kontent
Bebbo – bu kichik yoshdagi (0-6 yoshli) farzandlari bo’lgan ota-onalarga farzandlarining salomatligi, ulg’ayishi va rivojlanishining turli jihatlari to'g'risida ma'lumot va yo'l-yo'riq beradigan ilova. Bebbo shuningdek, emlash va tibbiy ko'rikdan o'tish sanalari qayd etib boriladigan jurnaldan foydalanish imkonini beradi hamda foydalanuvchilarga bu haqda eslatish uchun bildirishnomalarni sozlash imkonini  ham taqdim etadi.


Iltimos, Bebbodan tibbiy maqsadlarda foydalanmang. Ushbu ilovaning mazmuni tibbiy ko'riklar, shifokor tekshiruvi, baholashlar yoki diagnostik muolajalarning o’rnini bosishga mo'ljallanmagan. Agar siz farzandingizning salomatligi yoki rivojlanishi haqida bezovtalanayotgan bo'lsangiz, UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi shifokor yoki hamshiraga murojaat qilishingizni tavsiya etadi. Agar ilovadagi har qanday ma'lumotdan foydalanish biron yo’qolish yoki shikastlanishiga olib kelsa yoki sabab bo’lsa, UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi javobgarlikka tortilmaydi / va javobgar bo’la olmaydi.


Ushbu ilovadagi barcha ma'lumotlar va ko'rsatmalar faqat ma'lumot va ta'lim maqsadlari uchungina xizmat qiladi.


Bebboda taqdim etilgan hech qanday kontent tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo’ljallanmagan va faqat shaxsiy, maishiy va xususiy foydalanish uchun ishlatilishi lozim. Undan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi. UNICEF va uning hamkorlari yo'qotilgan foyda, qo’ldan boy berilgan  biznes, biznesdagi uzilishlar yoki qo’lga kiritilmagan imkoniyatlar uchun javobgar emas.


Ma'lumotlar va ulardan foydalanish
Bebbo bolalarning ulg’ayishi va rivojlanishi haqida umumiy ma'lumot kontentini taqdim etadi. Unda o'z farzandlarining salomatligi va rivojlanishiga doir foydalanuvchilar tomonidan mahalliy tarzda kiritiladigan ma'lumotlar saqlanadi. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi to'playdigan va foydalanadigan axborotlar to’g’risida ma'lumot olish uchun Maxfiylik siyosatiga qarang.

Bebbo emlash va tibbiy ko'rikdan o'tish sanasi to'g'risida xabar berishi mumkin. Bu bildirishnomalar foydalanuvchi tomonidan berilgan ma'lumotlarni qayta ishlash va oddiy matematik/statistik formulalarni qo'llashga asoslanadi. Foydalanuvchiga faqat Bebbo bildirishnomalariga tayanmasdan, ushbu sanalar va eslatmalarni alohida kuzatib borish tavsiya etiladi.


Kontentni yangilash 
UNICEF va uning hamkorlari Bebboga doir ma'lumotlarni yangilash uchun oqilona harakat qilsalarda, UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi Bebboning kontenti aniq, to'liq yoki dolzarb ekanligi bo’yicha hech qanday bayonat yoki kafolat bermaydi.


Foydalanish shartlariga o'zgartirishlar
UNICEF va uning hamkorlari vaqti-vaqti bilan bu shartlarga o'zgartirish kiritishlari mumkin. Qachonki siz Bebbodan foydalanmoqchi bo'lsangiz, o'sha paytdagi amaldagi shartlarni tushunganingizga ishonch hosil qilish uchun, ushbu shartlar bilan tanishib chiqing.


Ilovaga o'zgartirishlar
Yangilangan ma'lumotlar, havolalar yoki yangi funktsiyalarni taqdim etish hamda foydalanuvchilarning o'zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish maqsadida UNICEF va uning hamkorlari Bebboni vaqti-vaqti bilan yangilab turishi va o'zgartirishi mumkin.


Ilovani vaqtincha to'xtatib turish yoki yopish
Bebbo bepul ilova hisoblanadi. UNICEF va uning hamkorlari Bebbo yoki undagi har qanday kontent har doim ham mavjud bo'lishiga yoki uzluksiz ta’minlanishiga kafolat bermaydi. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi xizmat yoki boshqa sabablarga ko'ra Bebboning to'liq yoki har qanday qismini to'xtatib qo'yishi, bekor qilishi yoki cheklashi mumkin. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi har qanday vaqtincha to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish to'g'risida sizni o’z vaqtida xabardor qilishga harakat qiladi. Shunday bo’lsada, UNICEF va uning hamkorlari bunga javobgar emas.


Boshqa foydalanuvchilarga ushbu Shartlar haqida ma'lumot berish
Agar kimdir sizning qurilmangiz orqali Bebbodan foydalansa, siz uning ushbu foydalanish shartlari va boshqa amaldagi shart-sharoitlarni bilishi va ularga rioya etishiga javobgar bo'lasiz.


Tashqi havolalar va manbalar 
Bebbo UNICEF yoki uning hamkorlari nazorati ostida bo'lmagan boshqa internet sahifalar va manbalarga havola qilishi mumkin. Bunday havolalarni kiritish UNICEF tomonidan har qanday internet sahifasi, mahsulot yoki xizmatga rozilik bildirish yoki ularni ma'qullashni anglatmaydi.


UNICEF bunday internet sahifalarga nisbatan hech qanday javobgarlik yoki mas’uliyatni o'z zimmasiga olmaydi, shu jumladan, masalan, ushbu internet sahifalarida berilgan har qanday ma'lumot, axborot, fikrlar, maslahatlar yoki bayonotlarning to'g'riligi yoki ishonchliligi uchun javobgarlik yoki mas’uliyatni olmaydi.


Intellektual mulk huquqlari
Bebboda mavjud bo'lgan kontentning bir qismi biz yoki boshqa litsenziarlar tomonidan yaratiladi yoki taqdim etiladi.
Bebbo foydalanuvchiga mazkur Foydalanish shartlariga muvofiq kontent va manbalarga kirishga hamda ulardan foydalanishga ruxsat beradi. Ushbu Foydalanish shartlariga rioya qilgan holda, foydalanuvchi manbalardan ushbu sahifada tasvirlanganidek foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchi faqat Bebbodagi kontent manbalariga kira olishi va ulardan foydalanishi mumkin, lekin kontent yoki manbalarni boshqa shaxsga bera olmaydi yoki boshqa serverda kontent yoki manbalarni "aks ettira olmaydi".


Foydalanuvchiga kontentning raqamli nusxalarini yaratishga yoki o'zgartirishga, shuningdek, har qanday illyustratsiya, fotosurat, video yoki audio qatordan yoki grafikadan foydalanishga ruxsat berilmaydi.


Foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentdan tashqari, kontent, manbalar va Bebboning boshqa barcha qismlari UNICEF va/yoki litsenziarlarning mulki hisoblanadi va milliy hamda xalqaro qonunlarga muvofiq, mualliflik huquqi, patent va/yoki boshqa intellektual mulk huquqlari bilan himoyalanadi. UNICEF, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi va/yoki bizning litsenziarlarimiz ushbu Foydalanish shartlarida aniq ko'rsatilmagan manbalarga va ushbu sahifaga bo'lgan barcha huquqlarni saqlab qoladilar.


Sizga ushbu sahifani ishlatish uchun qo’llanilishi mumkin bo'lgan har qanday dasturiy ta'minotning boshlang’ich kodini ortga loyihalashtirish, dekompilyatsiya qilish, qismlarga ajratish yoki unga boshqa usul bilan yo’l topishga ruxsat etilmaydi. Mualliflik huquqi to'g'risidagi bildirishnomalarni, litsenziyalarni yoki boshqa ogohlantirishlarni hech qanday manbada yoki mazkur sahifada boshqa usul orqali o'chira olmaysiz.
 

Shaxsiy ma'lumot
UNICEF va uning hamkorlari shaxsiy ma'lumotlardan faqat Bebboning Maxfiylik siyosatiga muvofiq foydalanadilar.


UNICEF nomi va timsoli
UNICEF nomi va timsoli UNICEFning favqulodda mulki hisoblanadi. Ular xalqaro huquq bilan himoyalangan. Ulardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi. UNICEFning yozma ruxsatisiz ulardan nusxa ko'chirish yoki ko'paytirish mumkin emas. Bu borada savollaringiz bo'lsa, UNICEF bilan bog’laning.


Imtiyozlar  va immunitetlar 
Ushbu Foydalanish shartlari, Maxfiylik siyosati yoki Bebboda mavjud bo'lgan yoki unga aloqador hech qanday nizomlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlar va Immunitetlar to'g'risidagi Konventsiyasiga muvofiq UNICEFning imtiyozlar va immunitetlardan voz kechishi sifatida talqin qilinmaydi.