Biz haqimizda
UNICEF 150 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat yuritib, bolalarga erta bolalikdan to o'smirlik davriga qadar omon qolish va rivojlanishlariga yordam beradi.
UNICEF Yevropa va Markaziy Osiyoda kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo'yicha o’z olib borayotgan ishida har bir o'sayotgan bola uchun g'amxo'rlik, mustahkam sog'lik, maqbul ovqatlanish hamda rag'batlantiruvchi va xavfsiz muhit zarurligini tan oladi, bu esa bolalarning erta ta'lim olishlari uchun sezilarli darajada zamin yaratadi. O'z farzandlarining o’sib-ulgayishlarida ishlarni samarali yo’lga qo’yib olishda barcha oilalar ko’makka muhtoj bo’ladilar. Kambag’allik, nogironlik yoki ijtimoiy yakkalashuv kabi qo'shimcha muammolarga duch keladigan ijtimoy jihatdan yetarli ta’minlanmagan oilalar, boshqalarga qaraganda, ko'proq yordamga muhtoj bo’lib, ular bizning diqqat markazimizdadirlar.
UNICEF ota-onalar va vasiylar yosh bolalarga asosiy g'amxo'rlik qiluvchi kishilar ekanini e'tirof etib, ularda tarbiyalash ko'nikmalarini rivojlantirishga va o'z dasturlari orqali ularning farovonligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat beradi.
Ilova to’g’risida
Bebbo ilovasi UNICEFning Serbiyadagi vakolatxonasi Serbiyaning Belgrad shaxri Jamoat salomatligi instituti bilan yaqin hamkorlikda yaratgan “HaloBeba” ilovasi prototipi asosida UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bebbo kuyinchak va ijobiy tarbiyani qo'llab-quvvatlovchi ilova hisoblanadi. Uning maqsadi ota-onalarga qulay bo'lgan shaklda bolalarning erta yoshdagi rivojlanishi va ularga ko’rsatiladigan g’amxo’rlikka oid to'liq ma'lumotni berishdir. Bebbo, shuningdek, COVID-19 profilaktikasi va bolalarni himoya qilish bilan bog'liq xabarlar va ma'lumotlarni tarqata oladi.
Bundan tashqari, ilova xizmat ko'rsatuvchilarga ular ota-onalar bilan ishlashlarida resurs sifatida va yosh bolalar manfaatini himoya qilishda ishonch hamda sheriklik aloqalarini o'rnatish vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ilova ota-onalarga o’z farzandlari bilan o'yinlar va mashg'ulotlar orqali rivojlanishni rag’batlantiruvchi amaliyotda ishtirok etishlarini qo’llab-quvvatlash hamda bolaning ulg’yashi, rivojlanishi va sog'lig'ini kuzatib borishda ularga yordam berish maqsadida yaratilgan.
Ilovada maqolalar va videomateriallarning boy kutubxonasi mavjud bo’lib, u mavzuga oid toifalar bo'yicha taqsimlangan:
• O’yin orqali o’qitish - ovqatlanish va ko’krak suti bilan boqish
• Kuyunchak tarbiya - xavfsizlik va himoya
• Salomatlik va farovonlik - ota-onalar farovonligi
Ilova tegishli kontent va moslashtirilgan ko'rsatmalarni tavsiya qilish uchun tug'ilgan sana, bolaning jinsi va ota-onalar kiritgan boshqa ma'lumotlardan foydalanadi.
Ushbu ilovadagi kontentning bir qismi Raising Children Network Australia tashkiloti (Avstraliyaning Bolalarni tarbiya qilish tarmog’i) ruxsati bilan olingan, moslashtirilgan va tarjima qilingan (Raising Children Network), Real Play Koalitsiyasi (https://www.realplaycoalition.com), Afinidata(https://afinidata.com/en/home/).
Kontentni yuklab olish va media-kontentni ko’rish uchun ilova internetga ulanishi kerak.
Shuningdek, ilova Internetga ulanishi cheklangan muhitda oflayn rejimda ham ishlashi mumkin. Buning sharti shundaki, foydalanuvchi ilovani yuklab olish va unga kirishda hech bo'lmaganda bir marta Internetga ulangan bo’lishi zarur. Foydalanuvchi ilova Sozlamalarida o'z farzandining hozirgi yoshiga mos keladigan kontentni tanlashi, yoki undan to'liq oflayn rejimda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun, barcha kontentni yuklab olishi mumkin.