Agar qushlar choʻqigan yoki mayda kemiruvchilar tishlagan boʻlsa, nima qilish kerak

Kemiruvchilar tishlagan, qushlar choʻqigan boʻlsa, jarohatni yuvish tartibi xuddi it va mushuk tishlagandagi bilan bir xil, ammo agar jarohatda yalligʻlanish belgilari paydo boʻlsa (qizarish, shish, yiringlash, harorat va boshqalar), bolani shifokorga koʻrsatish kerakligini unutmaslik lozim.
Body

Asosiy choralar

  • Jarohatni sovun va suv bilan iloji boricha tezroq yuving.
  • Agar qon ketayotgan boʻlsa, uni toʻxtatish kerak.

Agar qushlar choʻqigan boʻlsa – maxsus choralar:

  • Agar qush choʻqigan boʻlsa va jarohat infeksiya belgilarini koʻrsatsa yoki nozik joyda (masalan, koʻz yaqinida) boʻlsa, shifokor antibiotiklar bilan davolanishni buyurishi mumkin.
  • Bundan tashqari, agar bolada bu holatdan keyin bir yoki ikki hafta ichida grippga oʻxshash belgilar rivojlansa, uni albatta shifokorga olib boring.

Agar mayda kemiruvchi tishlagan boʻlsa – maxsus choralar:

  • Kemiruvchilar (dengiz choʻchqasi yoki sichqoncha) kichik boʻlishiga qaramay, ular tishlagan joyda katta jarohatlar qoladi. Shuni unutmaslik kerakki, koʻpincha bu kemiruvchilar turli bakteriyalarning tashuvchisi boʻlishi mumkin, shuning uchun jarohatda infeksiya belgilari (qizarish, shish, yiringlash, harorat va boshqalar) paydo boʻlsa, bolani shifokorga koʻrsatish kerak.