Alifbo boʻyicha ovqatlanish
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlagan birinchi ishtirokchi: “Men shunaqangi ochmanki, “A” harfi bilan boshlanadigan biror narsani yeyishim mumkin, ananasmi, anjirmi, ayiqmi” deydi. Keyingi ishtirokchi esa: “Men shunaqangi ochmanki, “B” harfi bilan boshlanadigan biror narsa yeyishim mumkin!” deb aytadi. Butun alifboni “yeb bitirguncha” davom eting.
Oʻyinni davom ettirishning qiziqarli usuli – oʻyin davomida ishtirokchilarning xotiralarini tekshirishdir. Har bir qatnashchi ilgari “yeyilgan” mahsulotlarni eslab qolishi kerak. Demak, “F” harfini olgan bola: “Men shunaqangi ochmanki, ananas, bodom, doʻlana, echki ... yeyishim mumkin” deydi. Bu siz oʻylagandan koʻra ancha murakkabroq!
Oʻyinni murakkablashtirish uchun alifbo boʻyicha teskari tartibda ishlang!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: oziq-ovqat mavzusidagi ushbu qiziqarli oʻyinda bolangizning soʻz boyligini tekshirib koʻring. Javoblar mantiqiy boʻlishi shart emas va hammani kuldiradigan bir yoki ikkita kulgili javob boʻlishi mumkin. Ogohlantirish: bu mashgʻulot paytida ishtahangiz ochilishi mumkin, shuning uchun tanaffus paytida tamaddi qilib oling.