Alifbo hikoyasi
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ilk ishtirokchi oʻz hikoyasining “A” harfi bilan boshlanuvchi birinchi soʻzini aytadi. Keyingi ishtirokchi esa “B” harfidagi soʻz bilan shu hikoyani davom ettiradi. Ishtirokchilar tuzilayotgan jumlaga alifbodagi harflar tartibini buzmagan holda bittadan soʻz qoʻshib boradi. Masalan, “Afrika boy va gavjum davlatdir”. Alifboning oxirigacha yeta olasizmi?
Oʻyinni murakkablashtirmoqchimisiz? Alifboni teskari tartibda qoʻllab koʻring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot – bolalarning alifbo borasidagi bilimlarini sinab koʻrishning ajoyib usuli. Kichkintoylar uchun bu shunchalik quvonchli va zavqli mashgʻulot boʻladiki, ular hatto oʻz savodxonligi ustida ishlayotganini ham sezmay qoladi – bu katta yutuq!