Aravalar poygasi

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: poyga uchun tekis, oʻtloq joyni toping va start va marra chizigʻi qayerda boʻlishini belgilab oling. Yuguruvchilarni juftlarga ajrating. Har bir juftlikda bitta bola “aravacha” boʻladi va old tomonda oʻt ustida yotadi, ikkinchisi esa “haydovchi” boʻladi va jamoadoshining oyoqlari yonida turadi. Poyga boshlanishidan oldin haydovchi aravachani oyogʻidan koʻtarib ushlab oladi va aravacha esa qoʻllariga tayanib oladi. Shunday qilib... hamma start chizigʻida, diqqat qiling, olgʻa! Poygachilar iloji boricha tezroq marraga qarab harakatlanadilar, aravacha qoʻllari bilan harakatlanadi, haydovchi esa orqada uning oyoqlarini ushlagan holatda ergashib boradi. Qaysi biri qiyinroq – marraga birinchi boʻlib kelishmi yoki yoʻlda kulgidan yiqilmaslikmi?!

Tezlikni arava aniqlasin, haydovchi emas!

Farzandingiz nimani oʻrganmoqda: ushbu mumtoz oʻyin bolalardan juftlikda ishlashni talab qiladi, ular birgalikda marraga intilish paytida ijtimoiy koʻnikmalarini mashq qilishadi. Balans, muvofiqlashtirish, kuch va jamoada ishlash qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazganlarida quvonib zavqalanadilar va miriqib kuladilar!