Atrofda aylanamiz
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: chaqalogʻingiz bilan aylansangiz, uning fazoviy hissi va muvozanat hissi rivojlanadi.
Ushbu mashgʻulotni amalga oshirish uchun siz biron-bir narsaga yoki mebelga qoqilish, urilish xavfi boʻlmagan ochiq joy topishingiz kerak.
Mukammal joyni topgandan soʻng, ishga kirishing. Kichkintoyingizni quyidagi usullardan birida aylantirib koʻring. Siz buni har safar turlicha bajarishingiz mumkin:
• Aylana boʻylab harakatlanayotganda boshini ushlab quchoqlang.
• Uni orqasi bilan tanangizga tutib, sekin aylaning.
• Bolaning yuzini oʻzingizga qaratgan holatda aylaning.
Turli yoʻnalishlarda aylanayotganda mashgʻulotni yanada taʼsirli va qiziqarli qilish uchun kuylashingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot chaqaloqlarga turli tomonlama taʼsir qiladi va koʻrish-harakat muvofiqligi va muvozanatni rivojlantirishga, keyinchalik emaklash va yurishga yordam beradi.