Avtobusga minish

Kerak bo’ladigan vositalar: Stullar, rekvizitlar ( ixtiyoriy ), pul yoki jeton (ixtiyoriy)

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Stullarni xonaga avtobus salonida qanday bo’lsa xuddi shunday ko’rinishda, haydovchi uchun oldinda bir stul va orqada yo’lovchilar uchun qator qilib qo’yib chiqing. Stullar va o’yinchilar qancha ko’p bo’lsa, o’yin shuncha qiziq bo’ladi.

 O’yinchilardan birini haydovchi qilib tayinlang va u haydovchi o’rindig’ini egallab,o’zini go’yo avtobusni boshqarayotgandek tutishini so’rang. Uni rolga kirishib, avtobusning qaltis harakatlari- burchakdan burilish,svetoforda to’xtash, signal berish kabilarni amalga oshirishga undang.

Qolgan o’yinchilar o’zlarining tasavvuriy bekatlarida avtobus ularni olib ketishini kutib turadilar. Haydovchi vaqti-vaqti bilan “to’xtab”, qaysi bekatga yetib kelganlarini e’lon qilishi lozim. Bekat - istirohat bog’i, shahar markazi, hayvonot bog’i, kutubxona yoki maktab bo’lishi mumkin. Shundan so’ng yo’lovchilar o’z joylarini egallab, yo’lga tushishlari mumkin! 

Avtobus marshrutini o’yin boshlangunga qadar belgilab olishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunda yo’lovchilar o’zlariga kerakli manzilni tanlab, avtobusga o’tirib, kerakli joyda tushib qolib, avtobusning ortga qaytishini kutib, so’ng yana yo’llarida davom etishlari mumkin bo’ladi. Shuningdek, siz yo’lovchilardan chipta sotib olishlari,yoki jetondan foydalanishlarini so’rashingiz mumkin bo’lib, bu ularning hisoblash va arifmetik malakalarini rivojlantiradi.

Asosiy maqsad shundan iboratki, o’yinchilar o’z tasavvurlari va improvizatsiya malakalarini ishga solgan holda bir olam zavq olishlari mumkin. Ular o’zlarining g’aroyib sayohatlarida qayerga yo’l olar ekanlar? 

Farzandingiz nimani o'rganadi: Bu qiziqarli jamoaviy (oilaviy) o’yin bolalarni avtobusdagi  hayoliy sayohatga yo’l olishlarida tasavvurlari va improvizatsiya qilish mahoratlaridan foydalanishlariga zamin yaratadi! Shuningdek bu o’yindan arifmetika va hisobni o’rgatishda samarali foydalanish mumkin.