Ayiqchalar

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni kichkintoyingiz bilan gaplashib, uning eʼtiborini jalb qilishdan boshlang. Buni bajarayotganda kichkintoyingizning barmoqlari yordamida “Ayiqchalar” sheʼrini oʻqing. Siz qofiyani aytishingiz va barmoqlaringizni koʻrsatilgandek harakatlantirishingiz mumkin. Oʻyin davomida va oʻyindan keyin kichkintoyingiz ixtiyoriy ravishda barmoqlarini qanday harakatlantira boshlaganini kuzating:

Bu kichkina ayiqcha  bozorga ketdi. (Bosh barmogʻingizni buking)

Bu kichkina ayiqcha  uyda qoldi. (Koʻrsatkich barmogʻingizni buking)

Bu kichkina ayiqcha qovurilgan goʻsht yedi. (Oʻrta barmogʻingizni buking)

Bu kichkina ayiqchaning hech narsasi yoʻq edi. (Nomsiz  barmogʻingizni buking)

Va bu kichkina ayiqcha  qichqirdi: “Vu! Vu! Vu!” Barcha barmoqchalar uyga! (Barcha barmoqlarni birma-bir harakatlantiring).

Esda tuting, barcha harakatlaringiz nozik boʻlishi zarur va siz kichkintoyingizning yonida xotirjam turishingiz kerak.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot chaqalogʻingizga barmoqlari va qoʻllari mavjudligi va ularni boshqarishi mumkinligini anglashga yordam beradi. U qoʻllarining kichik mushaklarini boshqarishni oʻrganadi va siz bilan ijobiy munosabati mustahkamlanadi.