Aylanib kelamiz
Kerak boʻladigan materiallar: ikkita yumshoq adyol.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ikkala adyolni bir-birining ustiga qoʻying, bu kichkintoyingizning orqasi koʻproq qoʻllab-quvvatlanishi va yumshoq boʻlishiga xizmat qiladi. Bolani orqa tomoni bilan yotqizing. Mashgʻulotni boshlashdan oldin sizga xalal beradigan narsalar yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
Adyolning uchlaridan ushlab kichkintoyingizni xona boʻylab sudrang. Mashgʻulot vaqtida kichkintoyingiz bilan gaplashib, unga savollar berishingiz tavsiya qilinadi: “Xonada nimalarni koʻryapsan? Shiftga qara. Ahvollar qalay? Manavi oʻyinchoqlarni koʻryapsanmi, ular kimniki?” Farzandingizning nutqi va harakatlarini ragʻbatlantiradigan boshqa savollar yoki gaplarni ham oʻylab toping.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolangiz gapirishni boshlagach, uning nutqi rivojlanishiga yordam beradi. Kuch, muvozanatni rivojlantirish va uni koʻproq harakat qilishga undash uchun adyol ichida muvozanatni saqlashga harakat qiling.