Baxtga qarshi, xayriyat

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: hikoyaning birinchi qismini aytib beradigan ishtirokchini tanlang – bu istalgan mavzudagi gap boʻlishi mumkin. Masalan: “Ayrim qaroqchilar xazina topish uchun oʻz kemalarini orolga joʻnatishdi”.

Ikkinchi ishtirokchi esa: “Baxtga qarshi...” deb boshlab, davomi salbiy voqealar bilan hikoyani davom ettiradi, masalan: “...dengiz maxluqi qaroqchilarni tutib oldi”.

Keyingi ishtirokchi: “Xayriyat...” deb boshlab, muammoning yechimi bilan gapni davom ettiradi. Masalan: “...kichkina sichqoncha dengiz maxluqini qitiqlab, qaroqchilarning qochib ketishiga yordam berdi”.

Bolalar oʻz hikoyalarini qanchalik bemaʼni qilib davom ettirsa, shunchalik kulgili boʻladi.

Bolalardan ular uchun bu oʻyinni qanday oʻynash maʼqulligini soʻrang, bitta hikoyani qismlarga boʻlib aytishmi yoki bir nechta hikoyalarni qoʻshibmi. Shuningdek, oʻyinda bolalar oʻzlariga yoqqan qiziqarli lavhalarni aytib berishi mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu ijodiy hikoya bolalarning tasavvuri va soʻz boyligini kengaytiradi. Ular bu oʻyinni istalgan joyda oʻynashi va uni xohlagancha qisqa yoki uzun qilishi mumkin – sayohat yoki bekorchilikda oʻynash uchun juda mos oʻyin.