Baxtli oyoqchalar

 

Sizga kerak boʻladigan materiallar: yumshoq adyol, qoʻshiqlar matni va sheʼrlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingiz birinchi boʻlib taniydigan va oʻynashni yaxshi koʻradigan tana aʼzosi oyoqdir. Bu oʻyin juda sodda, oldindan tayyorgarlik koʻrish ham shart emas. Bolajoningizning oyoqlari bilan oʻynashingiz uchun chiroyli qoʻshiq yoki sheʼr tanlasangiz kifoya.

Adyolni yumshoq yuzaga yoying va bolangizni unga yotqizing. Siz uning yonida tiz choʻkkan holda turishingiz kerak.

Oyoq barmoqlari haqidagi quyidagi sheʼrdan boshlashingiz mumkin:

Bu boʻtaloq bozorga ketdi,

Bu boʻtaloq uyda qoldi,

Bu boʻtaloqning yantogʻi bor edi,

Bu boʻtaloqning hech narsasi yoʻq edi,

Bu boʻtaloq yurib ketdi,

“Brrrr, brrrr, brrrrr” uyga yetguncha.

Agar farzandingiz bilan oʻynash uchun boshqa qoʻshiq yoki sheʼrlarni bilsangiz, ulardan ham foydalanishingiz mumkin, chunki ushbu turdagi oʻyinlar birgalikda oʻynash va oʻrganish uchun ajoyib imkoniyatdir. Esingizda boʻlsin, bolangiz juda nozik, u noqulaylik his qilmasligi uchun silashlar muloyim boʻlishi, qitiqlashlar esa koʻp boʻlmasligi kerak.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday mashgʻulot yordamida bolajoningiz oʻz tanasini oʻrganishni va his qilishni boshlaydi, shu bilan birga hissiy zavq oladi. Bu ijtimoiy oʻzaro taʼsir, nutq va motorikani rivojlantirishda ham yordam beradi. Komminikativ koʻnikmalarini rivojlantirish, birgalikda vaqt oʻtkazish va oʻz oyoqchalarini his qilish kichkintoyga yoqadi.