Bekilib qolgan koʻzyosh yoʻli

Agar bolangizda koʻzyosh yoʻllari bekilib qolgan boʻlsa, uning koʻzi doimiy ravishda yoshlanib turadi, uygʻonganida esa koʻzidan ajralmalar oqishi mumkin. Bekilib qoʻlgan koʻzyosh yoʻllari odatda oʻz-oʻzidan ochiladi. Ammo bolangizning koʻzi atrofida qizarish, shish yoki yashil ajralma oqishi belgilari boʻlsa, shifokorga murojaat qiling. Shuningdek, bolangiz bir yoshga toʻlganida ham koʻzyosh yoʻllarining bekilishi ochilmagan boʻlsa, shifokorga murojaat qiling.
Body

Bekilib qoʻlgan koʻzyosh yoʻllari haqida

Koʻzyosh koʻzdan burunga koʻzyosh yoʻli deb nomlangan tor naychalar orqali oqadi.

Bola tugʻilgandan keyin koʻzyosh yoʻllari toʻliq ochilmaydi, bu esa toʻsiqni keltirib chiqaradi. Odatda koʻzyosh yoʻllarining bekilishi bola tugʻilishi bilan kuzatiladi va u bir oylik boʻlgunicha davom etishi mumkin.

Koʻzyosh yoʻllarining bekilishi keng tarqalgan hodisadir. Taxminan 20 goʻdakdan bittasi koʻzyosh yoʻllarining biri yoki ikkalasining bekilib qolishi bilan tugʻiladi.

Koʻzyosh  yoʻllarining bekilib qolishi belgilari

Agar bolangizning koʻzyosh yoʻli bekilib qolgan boʻlsa, uning koʻzlari tez-tez yoshlanadi. Uygʻonganida koʻzidan ajralmalar ham kelishi mumkin. Ushbu alomatlarni “yoshlanuvchi koʻzlar” va “yopishqoq koʻzlar” deb nomlashlari mumkin.

Yoshli koʻzlar va yopishqoq ajralmalarni hisobga olmaganda, chaqalogʻingizning koʻzlari butkul sogʻlomdir.

Kamdan kam hollarda koʻzyosh yoʻllarining atrofidagi toʻqimalar infeksiyalanadi. Agar shunday boʻlsa, bolangizning qovogʻi atrofida qizarish tarqalayotganini yoki koʻzidan yashil rangli ajralmalar chiqqanini koʻrishingiz mumkin.

Koʻzyosh  yoʻllari bekilib qolishi boʻyicha shifokorga murojaat qilish kerakmi?

Bolangizni shifokor yoki hamshiraga olib borishingiz kerak, agar:

  • bolangizning koʻzi yoki koʻzlari qizarganga oʻxshasa;
  • bolangizning koʻz qovoqlarining ichki qismida qattiqlashish paydo boʻlsa yoki koʻz qovoqlari qizarsa va shishsa;
  • bolangiz doimo koʻzlarini yumib olish yoki yorugʻlikka sezgirligini oshishi kabi boshqa alomatlarni sezganingizda;
  • bolangizning koʻzidan yashil rangli ajralmalar kelsa;
  • bolangiz bir yoshga toʻlganidan keyin ham koʻzyosh yoʻllari bekilgan boʻlsa.

Bekilib qoʻlgan koʻzyosh yoʻllarini davolash

Bekilib qolgan koʻzyosh yoʻllari odatda oʻz-oʻzidan ochiladi. Bu bolangiz bir yoshga toʻlguniga qadar sodir boʻladi.

Shifokor sizga bolangizning koʻzyosh yoʻllarini yopishqoq ajralmalardan boʻshatish uchun koʻzining ichki qismini qanday massaj qilish kerakligini koʻrsatishi mumkin.

Agar bolangizning koʻzlari infeksiyalangan boʻlsa, shifokor antibiotik tutuvchi koʻz tomchilarini buyurishi mumkin.

Farzandingiz bir yoshga toʻlganidan keyin ham, koʻzyosh yoʻllari bekilgan boʻlsa, shifokor sizni mutaxassisga yoʻllashi mumkin. Mutaxassis koʻzyosh yoʻllarini ochish uchun umumiy ogʻriqsizlantirish ostida, nozik naycha yordamida muolaja oʻtkazishni tavsiya qilishi mumkin.