Bir-biridan oʻtkazish

Kerak boʻladigan materiallar: chovli, yumaloq simchoʻtka.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlash uchun stolga bitta chovli va bir nechta yumaloq simchoʻtka qoʻying. Keyin chovlining teshiklaridan simchoʻtkani qanday  oʻtkazishni koʻrsatib bering. Endi esa navbat bolalarga, ular ham bir bajarib koʻrsin!*

Bolalarni turli narsalarni sinab koʻrishga undang. Ular bitta simchoʻtkani chovlining nechta teshigidan oʻtkazishi mumkin? Biror-bir naqsh yoki gʻaroyib haykalcha yarata olishadimi?

(*Aksariyat simchoʻtkalarda metall simchalar boʻlishini unutmang, bolalarni nazoratsiz qoldirmang.)

Yoshi kattaroq bolalar uchun vazifani murakkablashtirsa boʻladi: ular simchoʻtkani chovlidan oʻtkazib, buklasin va shu tariqa biror-bir gul yoki hayvon yasashga urinib koʻrsin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu ijodiy oʻyin kichkintoylar oʻz kognitiv koʻnikmalarini va mayda motorikalarini rivojlantirishi uchun ajoyib usuldir. Bundan tashqari, bu bolalarga koʻrish qobiliyati va motorikani muvofiqlashtirish orqali ijod qilish imkoniyatini beradi!