Bir, ikki, uch, TEPAGA!
Kerak boʻladigan materiallar: turli oʻyinchoqlar yoki bolalarni qiziqtiradigan har xil narsalar, divan.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlashdan oldin oʻyin oʻtkaziladigan joyni ishlatadigan oʻyinchoqlar bilan tayyorlab olish kerak. Xonada sizni hech narsa chalgʻitmayotganiga ishonch hosil qiling.
Oʻyin oldidan tanlangan oʻyinchoqlarni divanning ustiga yoki uning bosh tomoniga joylashtirib chiqing. Bolangizni divanga oʻtqizing va uning diqqatini oʻyinchoqlarga jalb eting, kichkintoy ularni koʻrsin, ularga qarab emaklasin va oʻyinchoqlarga intilsin. Bola divan yoki karavotning orqa tomoniga emaklab borganida, uni ushlab, tizzalab turishiga yordam bering, bola oʻzini xavfsiz his qilishi kerak. Bola tik turmoqchi boʻlsa, uning belidan tutib turing va harakatlarini ragʻbatlantiring.
Kichkintoyning tik turish uchun qilgan har bir harakatini qoʻllab-quvvatlang, mashgʻulot oxirida esa unga divan yoki karavot ustida oʻyinchoqlari bilan oʻynashga ruxsat bering. Bu mashgʻulotni kuniga uch marta takrorlang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu oddiy mashq bolangizga sizning yordamingiz bilan tik turishga, oyoq mushaklarini mustahkamlashga va harakat muvofiqligini yaxshilashga yordam beradi.