Birgalikda o'ynash qiziqarli
Kerak bo’ladigan materiallar: Hech qanday maxsus narsa - siz kichkintoyingiz bilan o'ynash uchun foydalanadigan barcha narsalar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: O'yin - bu kichkintoyingiz bilan istalgan vaqtda amalga oshirishingiz mumkin bo’lgan qiziqarli faoliyatdir. Ushbu manbada mashg’ulotlarda foydalanish uchun juda ko'p ajoyib g'oyalar mavjud. O'yiningiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, farzandingizni o'yinga ishtiyoqini oshirishga undang. Masalan, siz kichkintoyingizni qo’lingizga olib,unga nimani o’ynashingizni ko’rsatgan holda, hayajon bilan: «Qara! Bu narsalarni birgalikda ko'ramiz! ” -deb aytishingiz mumkin. Yoki farzandingizning yuz ifodasidan uning tayyorligini ko'rib,shunday deyishingiz mumkin: "Men sening uyqudan uyg'onganingni ko’ryapman. O'ynashga tayyormisan? Men tayyorman! Qani ketdik!" Farzandingizni kuchli hayajonlantirishning hojati yo'q, ammo birgalikda o’tkaziladigan vaqt uchun iliq, yoqimli tuyg'ularni paydo qiling. Va albatta, agar o'ynash paytida farzandingiz bezovtalanayotganini yoki charchaganini ko'rsangiz, o’yinni toxtating, yoki boshqa mashg’ulot taklif qiling.
Farzandingiz nimani o'rganadi: Bu yosh davridan va bundan keyingi davrlardan boshlab o’yin farzandingizning bilim olish jarayonining eng muhim uslubiga aylanadi. Agar farzandingiz o'yinni yaxshi ko’rsa, ta’lim yanada samarali bo'ladi. O'yin vaqtini yoqimli qilish orqali siz har kuni farzandingiz ertaroq bilim olishi uchun asos yaratyapsiz.