Bola nutqiga taqlid
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi yoki bolalar uchun oʻrindiq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: atrofdagi turli tovushlar bolaning nutqi rivojlanishiga koʻmaklashadi. Quyidagi mashqlar kichkintoy bilan yaxshiroq muloqot qilishingizga yordam beradi.
Bolani bir muddat qoʻlingizda tuting, soʻng orqa tomoni bilan yumshoq yuzaga yotqizing yoki oʻrindiqqa oʻtqazing. Mashqni kichkintoyga biror narsani hikoya qilishdan boshlang va uning javobini kuting.
Bolajoningiz yumshoq, sokin tovushlar bilan javob bera boshlaydi, ularni takrorlang, avval past, keyin esa bola balandroq ovozda javob qaytarishi uchun qattiqroq ovozda gapiring.
Mashqni ijobiy kayfiyat va xotirjam holatda bajarishni unutmang. Bolangizni oʻpish yoki quchoqlash bilan mashgʻulotni yakunlang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu turdagi mashqlar turli asosiy fonemalarni tanib olish imkoniyatini beradi, bu esa bolaning eshitish qobiliyatini ragʻbatlantirish va keyinchalik nutq rivojlanishi jarayonini yengillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu mashq kichkintoyga oʻzi talaffuz qilayotgan tovushlarni eshitish imkonini beradi.