Bola yiqilib tushsa, nima qilish kerak?
Koʻp bolalarning yiqilishi tirnalish yoki koʻkarish bilan tugaydi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, yiqilish ayniqsa chaqaloq va yosh bolalarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Body
Bola yiqilib tushsa, nima qilish kerak?
- Bolani tinchlantiring va unga tasalli bering. Uni quchoqlang va ovuting.
- Koʻkargan joyga sovuq kompress yoki muzni (matoga yoki roʻmolchaga oʻrab) qoʻying.
- Agar bola yiqilgandan keyin oyogʻida yoki qoʻlida kuchli ogʻriqlar borligidan shikoyat qilsa va yura olmasa yoki yurishga qiynalsa, bu jiddiy jarohat – suyak chiqishi, sinishi yoki paylar choʻzilishi belgilari boʻlishi mumkin.
- Agar yiqilish natijasida chuqur boʻlmagan yaralar yuzaga kelsa, yarani tozalash uchun sovunli suv bilan yuving.
- Agar qon ketayotgan boʻlsa – uni toʻxtatish kerak.
- Agar bola yiqilib boshini urib olsa, shifokorga murojaat qiling.
Bolani qachon shifokorga koʻrsatish kerak?
Agar u yiqilib tushsa va:
- juda uyquchan yoki uygʻonishi qiyin boʻlsa;
- bosh aylanishidan shikoyat qilsa;
- unda qusish kuzatilsa;
- bosh, boʻyin yoki bel ogʻrigʻidan shikoyat qilsa;
- odatiy holatda yura olmasa, oyoqlarini yoki qoʻllarini boshqara olmasa yoki buka olmasa, harakat qilganda yoki zarb yegan joyida kuchli ogʻriqdan shikoyat qilsa;
- koʻrish yomonlashishidan shikoyat qilsa;
- agar siz uning nigohini jamlay olmayotganini sezsangiz farzandingizni shifokorga olib boring.
Qachon zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirish kerak?
Agar siz farzandingizda quyidagi belgilardan birortasini kuzatsangiz, zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqiring (103 ga qoʻngʻiroq qiling):
- hushini yoʻqotsa;
- harakat qila olmasa yoki yiqilgandan keyin harakat qilishga qiynalsa;
- nafas olishda qiynalsa;
- hushida, lekin juda bezovta boʻlsa;
- qayta-qayta qayt qilsa/qussa;
- hushi oʻzida emas, qayerda ekanini bilmasa, shaytonlash kuzatilsa.