Bolalar aravachalari gigiyenasi va ularning qismlarini yuvish
Sayr qilishga moʻljallangan aravachalarning aksariyatida ularga texnik xizmat koʻrsatish, yuvish va tozalash, barcha qismlarini, qopqoqlarini va choyshablarini yechish usuli koʻrsatmalarda batafsil tavsiflangan boʻladi. Shuningdek, ular kir mashinasida yuvish mumkinligini va qanday haroratda yuvishga ruxsat berilganini koʻrsatadigan belgilarga ega. Aravachada yigʻiladigan va olinadigan qismlar qanchalik koʻp boʻlsa, uni yuvish va saqlash shunchalik oson boʻladi.
Aravachani qismlarga ajratishni kichkina qismlardan boshlang, keyin ushoq va chang toʻplanib qolishi mumkin boʻlgan har qanday burmalar va burchaklarni changyutkich bilan tozalang. Aravachani shimgich (gubka), ozgina miqdorda yumshoq bolalar yuvish vositasi va iliq suv bilan yuving. Agar tezda yoʻqolmaydigan dogʻlar yoki ifloslangan joylar boʻlsa, ularni sinovdan oʻtgan va bolalar buyumlarida foydalanishga mos keladigan, bolalar uchun xavfsiz vositalar bilan yoʻqoting.
Neytral yuvish vositalarini ishlating va ularni yaxshilab yuvib tashlang, keyin har bir qismni quruq qilib arting. Tiqilib qolgan chang va toshlarni olib tashlash uchun choʻtka kerak boʻladigan gʻildiraklarga alohida eʼtibor bering. Gʻildiraklarni iliq suv va shimgich (gubka) bilan yuving.
Agar aravachani qismlarga ajratishning iloji boʻlmasa, uni vannada yoki hovlida oqayotgan suv bilan yuvishingiz mumkin. Yuvish vositasidan oq dogʻlar qolmasligi uchun uni doim bir necha marta yuvib tashlang. Qattiq choʻtkalar materialga zarar yetkazishi mumkin. Metall qismlar oqayotgan suvda yuvilishi kerak va ularni parvarish qilish oson. Aravachalar yopiq joylarda: koridorlarda, yertoʻlalarda, garajlarda saqlanishi sababli namlik, tutun va boshqa iflos narsalarni oʻziga tortadi, shuning uchun ularni maxsus yopinchiq bilan oʻrang.
Toʻgʻri parvarish va gigiyena aravachadan xavfsiz foydalanishga yordam beradi, xizmat koʻrsatish muddatini uzaytiradi va bolangizni infeksiyalardan himoya qiladi.