Bolalar biror narsa soʻraganda: konstruktiv tarzda qanday javob berish kerak?
Bolalarning soʻrovlari: nima uchun konstruktiv javob berish muhim?
Bolalar har doim biror narsa haqida soʻrashadi, masalan, “Planshetimni oʻynasam maylimi?” yoki “Keks pishirsam boʻladimi?”
Baʼzi soʻrovlarni hal qilish oson: “Mayli, oʻynayqol”. Boshqalari esa biroz qiyin boʻlishi mumkin. Misol uchun, farzandingiz pishiriq tayyorlamoqchi boʻlsa, oshxonada xavfsizlik yoki undan keyingi tozalashga kim masʼulligi haqida oʻylashga toʻgʻri keladi.
Farzandingiz biror nima soʻrasa, qanday javob berishni oʻylaganingizdan qatʼi nazar, bu unga yaxshi muloqot qilish va his-tuygʻularini boshqarishni oʻrganishga yordam beradi.
Soʻrovlarga javob berish
Bolakay biror narsa soʻraganda, “Ha”, “Yoʻq” yoki “Ehtimol” deyishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, quyidagi qadamlar foydali boʻlishi mumkin.
1. Birinchi javobni farzandingiz qanday soʻrashiga asoslang
Kichkintoy xushmuomalalik bilan soʻrasa, uni yaxshi xulq-atvori uchun maqtang. U anglaydiki, siz ijobiy javob bermasangiz ham, bolaning yaxshi xulq-atvoriga hamisha eʼtibor berishingiz mumkin.
Farzandingiz xarxasha qilsa, nolisa, talab yoki tahdid qilsa, unga yaxshi xulq-atvorni oʻrganishi kerakligini ayting. Masalan, siz: “Surayyo, iltimos, xotirjam ovozda gapir” yoki “Batafsilroq ayta olasanmi?”
2. Tinglang
Farzandingiz nimani soʻrayotganini tushunish uchun biroz vaqt ajrating. Uni eshitgan va tushunganingizni koʻrsating, shunda u sizning javobingizni qabul qilish ehtimoli koʻproq boʻladi. “Ha” deyish rejangizda boʻlmasa, bu achinayotganingizni koʻrsatishga yordam beradi. Masalan: “Bu senga nima uchun yoqqanini tushunaman. Zoʻr narsa ekan”.
3. Biroz sukut saqlang va qaror qabul qiling
Qisqa sukut soʻrov haqida oʻylab olishga imkon beradi, shuningdek, bolaga bu haqda oʻylayotganingiz haqida xabar beradi. Oʻzingizdan soʻrang: “Yoʻq” deyishim kerakmi yoki “Ha” deb aytolamanmi? Agar yoʻq boʻlsa, kelisha olamanmi?”
Koʻpincha “Ha” deyishingiz mumkin. Boshqa hollarda, bola bilan muzokara olib borish va ikkala tomonga ham maʼqul yechimni topish kerak. Qanday boʻlmasin, sizning izchil va adolatli javobingiz bolaga soʻrashning eng yaxshi usulini oʻrganishda yordam beradi.
“Yoʻq” deyish kerak boʻlganda
“Yoʻq” deyish qiyin, albatta – axir, erkatoyingizni xursand qilishni xohlaysiz. Ammo baʼzan bolalar oʻzi xohlagan narsaga erisha olmaydi.
“Yoʻq” deyishga undovchi harakatlar:
- Avval sababini tushuntiring. Agar rad etishga qaror qilsangiz, avvalo, sabablarni koʻrsating. Bu farzandingizga qaroringizni tushunishda yordam beradi. “Yoʻq” deganingiz uchun bolaning hafsalasi pir boʻlsa, buning sababini tushunmasligi mumkin. Masalan: “Hozir karuselga chiqishga vaqtimiz yoʻq. Kel, shuni keyingi safar qilaylik”.
- Qaroringizga sodiq qoling. Fikringizni oʻzgartirsangiz, bola “Yoʻq” hali yakuniy emasligi va siz bilan bahslashish mumkinligini tushunadi. Agar bola oʻzini yomon tutgan paytda taslim boʻlsangiz, kichkintoy bu uning xohlagan narsasiga erishish yoʻli ekanini tushunadi.
- Iloji boʻlsa, boshqa narsani taklif qiling. Masalan: “Men buni sotib ololmayman, chunki u juda qimmat”. “Kel, uyga borib, birga ovqat qilamiz”.
- Farzandingizga konstruktiv fikr bildiring. Bolakay rad javobini qabul qilsa, uni maqtang. Masalan: “Yoʻq” deganimda indamaganingdan xursandman”. Yoki “Buni birgalikda yengib oʻtganimiz ajoyib boʻldi”.
Salbiy javobni qabul qilishni oʻrganish muhim ijtimoiy va hissiy mahoratdir. Bu bolalarga oʻz-oʻzini tartibga solish va tushkunlik bilan kurashishni oʻrganishga yordam beradi. Farzandingizga “Yoʻq” deyishingiz unga qachon va qanday qilib qatʼiy boʻlish kerakligini ham koʻrsatadi.
Yoʻq deyish ehtiyojini kamaytirish
Farzandingizga rad javobini qabul qilishni oʻrganish uchun yordam berishning eng yaxshi usullaridan biri – juda koʻp gapirmaslikdir. Agar juda muhim qarorlardan voz kechsangiz, bolangiz ham buni jiddiyroq qabul qiladi.
Rad etishlar sonini qanday kamaytirish boʻyicha baʼzi fikrlar:
- Asosiy qoidalarni belgilang. Misol uchun, xarid qilishdan oldin, bolangiz bilan nima uchun ketayotganingiz haqida gaplashing. Nimani kutayotganingiz va oʻziga kerakli narsalarni soʻrash qoidalarini ayting. Bu siz uchun “yoʻq”lar sonini kamaytirishi mumkin. Masalan, “Uyga qaytgach ovqat yeymiz” yoki “Bozorlik qilayotgan paytimda hech nima soʻrama”.
- Iloji boʻlsa, “Ha” deb ayting. Misol uchun, “Yaxshi, maktabdan keyin Joʻrabek kelishi mumkin, agar otasi qarshi boʻlmasa”.
- “Yoʻq” deyish oʻrniga muzokaralar olib boring – faqat farzandingiz bahs va murosaga tayyor boʻlsa. Masalan: “Bugun parkka bora olmaymiz, lekin ertaga borishimiz mumkin”.
Bolalar avvalgi tajribasiga asoslanib, ota-onasi qay mahal “Ha” deb aytishini oldindan bilishni oʻrganadilar. Bu ularning yanada ishonarliroq boʻlishi, “Ha” deganingizda eʼtiborli va izchil boʻlishingiz kerakligini anglatadi.
Turli yoshdagi narsalarni soʻrash
Kichkintoylar koʻpincha oʻzlari xohlagan narsani oddiy yoʻllar bilan aytib berishadi. Misol uchun, ular xohlagan narsalarini shovqin yoki qoʻlda koʻrsatish orqali bildirishi mumkin. Ammo “Yoʻq” desangiz, bolakay tushkunlikka tushib qoladi. Rad javobini eshitganda jazavaga tushish – kichkintoylar uchun normal reaksiya, chunki ular hali ham oʻzini-oʻzi boshqarish va til koʻnikmalarini rivojlantirmoqda.
Maktab yoshiga kelib, bolalar koʻproq til koʻnikmalariga ega boʻladi va shu orqali biror nima soʻrashda muzokara olib borishi va murosaga kelishi mumkin. Taxminan sakkiz yoshdan boshlab, bolaga biror narsa qilishi uchun nega ruxsat berishingiz kerakligi haqida ayrim ishonchli dalillarni kutishingiz mumkin!
Maktab yoshidagi bolaga “Yoʻq” desangiz, hafsalasi pir boʻladi, lekin yoshi kichik bolaga qaraganda kamroq jazavaga tushadi. Chunki u oʻzini-oʻzi boshqarishni yaxshiroq oʻrganib, nimaga “Yoʻq” deyotganingizni tushunadi.