Bolalar kamroq yiqilishlari uchun
Yiqilish bolalar shikastlanishining eng keng tarqalgan sababidir. Ularning oldini olish uchun, eng asosiysi – ularning paydo boʻlish ehtimolini vaqtida aniqlash va bola oʻynaydigan atrof-muhitning xavfsizligini taʼminlashdir.
Body
Uyingizni xavfsiz qiling
- Osonlik bilan agʻdarilishi yoki toʻntarilishi mumkin boʻlgan mebellarini olib tashlang yoki mahkamlab qoʻying.
- Sirpanchiq gilamlarni va gilam-yoʻlakchalarni olib tashlang.
- Zinapoyaning pastki va yuqori qismiga yosh bola ocholmaydigan ilgakli panjara oʻrnating.
- Zinapoyalarga bola ushlab chiqishi/tushishi mumkin boʻlgan tutqichlarni oʻrnating.
- Zinapoyada hech qanday toʻsiq boʻlmasligi kerak.
- Ayvonga/balkonga olib chiqadigan deraza va eshiklarga ularning ochilishini cheklash uchun xavfsizlik qulflarini yoki maxsus himoya toʻsiqlarini oʻrnating.
- Bola tepasiga chiqib olishi mumkin boʻlgan mebel (koʻrpa-toʻshak, stullar va boshqalar) hech qachon deraza yoniga qoʻyilmasligi kerak.
- Balkon eshigini yopiq holda saqlang – bola balkonda qarovsiz qolmasligi lozim.
- Narvonni ishlatgandan keyin darhol bolalar yeta olmaydigan joyga qoʻying.
- Hammomdagi plitkalarga, shuningdek hammom/dushga sirpanmaydigan gilamcha tashlab qoʻying.
Alohida ehtiyotkorlik: chaqaloqlar va yosh bolalar
- Bolani hech qachon taglik almashtirish stolida qarovsiz qoldirmang!
- Agar siz belanchakdan foydalansangiz, uning tayanchi yetarlicha mahkam ekaniga ishonch hosil qiling.
- Karavotcha yetarli chuqurlikda va toʻsiqlari mavjud boʻlishi kerak. Bola pastga tushib ketmasligi uchun karavot chuqurligi (matras chetidan toʻsiqning tepasigacha) 60 cmdan kam boʻlmasligi kerak.
- Yosh bola chiqib olmasligi uchun karavotning yon tomonlarida hech qanday ustun boʻlmasligi kerak.
- Ovqatlantirish stulidan va aravachadan foydalanganda, xavfsizlik kamari taqilganiga ishonch hosil qiling
- Yurish uchun moʻljallangan moslamalardan (xodunoklardan) foydalanmang!
Bolalar oʻyinlari paytida xavfsizlik
- Bolalar maydonchasi xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling. Aylanadigan belanchak (karusel) ishonchli mahkamlanganini tekshiring, chiqib turgan mix va oʻtkir jismlar boʻlmasligi kerak.
- Bolalar maydonchasidan bolaning qoqilib ketishi mumkin boʻlgan barcha katta toshlarni, yogʻochlarni olib tashlang.
- Farzandlaringiz yoshi va qobiliyatlariga mos oʻyin jihozlaridan foydalanishiga ishonch hosil qiling.
- Iloji boʻlsa, yuzasi yumshoq oʻyin maydonchasini tanlang.
- Sport bilan shugʻullanish paytida bolalar maxsus himoya vositalaridan (velosiped minganda boshiga himoya qiladigan bosh kiyim, gʻildirakli konkida uchganda qoʻl va oyoqlarni himoya qiladigan mos vositalardan) foydalanishi kerak.