Bolalar qoʻshiqlarini kuylaymiz

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin:

1-qadam

Farzandingizga biror chet el yoki milliy bolalar qoʻshiqlaridan kuylab bering, masalan, “Kulcha”, “Yoʻmgʻir yogʻaloq”. Bola bilan qarsak chalib, jilmaygan holda qoʻshiqni takrorlang.

2-qadam

Ikki qismga boʻlib kuylanadigan koʻplab qiziqarli bolalar qoʻshiqlari bor (masalan, “Qoʻgʻirchogʻim Natasha”). Gapirish bosqichidagi kichkintoylar oʻz soʻzlari bilan yoki yangrayotgan qoʻshiqni taniganlari sababli izohlar bilan javob qaytarishlari mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yosh bolalarning nutq va eshitish qobiliyatini rivojlantirishda qoʻl keladi. Oddiy qoʻshiqlar bolalarga soʻzlarni talaffuz qilishda yordam beradi. Kichkintoylar qiyin tovushlarni takrorlash orqali fonematik eshitish qobiliyatini shakllantiradilar. Bunday mashgʻulot bolalarni yaxshi tinglovchi boʻlishga ham undaydi. Chunki qoʻshiqlar koʻpincha hikoyali boʻladi, yaʼni bolalar hikoyaning yakunini bilish uchun qoʻshiqni oxirigacha tinglashlari kerak! Farzandingizga qoʻshiqdan qism ajratib, kuylashni oʻrgatish tinglash va oʻz navbatini kutish kabi ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirishga yordam beradi.