Bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanadigan shaxslarga gʻamxoʻrlik
Bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanadigan shaxslarning bolalarni parvarish qilishi kuchli ruhiy zoʻriqish keltirib chiqarishi mumkin. Uy yumushlarini bajarish va tarbiyachilarning ish joyidagi muammolar sababli zoʻriqish yanada kuchayishiga olib keladi. Bolalarga yetarli himoya va gʻamxoʻrlik koʻrsatish uchun tarbiyachilar ularni parvarish qilish bilan birga boshqa majburiyatlarni ham bajara olishi juda muhimdir. Oilada barcha turdagi (oila aʼzosining boshqa oila aʼzosiga nisbatan ataylab qiladigan jismoniy, ruhiy, jinsiy) zoʻravonliklarning oldini olish kerak, chunki bunday muhit bolaning ruhiy rivojlanishiga va bola farovonligiga salbiy taʼsir etadi. Tarbiyachilar oila va hayotda oila qadriyatlarini qadrlaydigan, murosa siyosatini qoʻllab-quvvatlaydigan ish beruvchilar bilan hamkorlik qilayotganiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Ota-onalar uchun maslahatlar:
- Bola tugʻilishidan oldin turmush oʻrtogʻingiz bilan birgalikda farzandingiz tugʻilgandan keyin uydagi (balki, ishdagi ham) majburiyatlarda qanday oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida kelishib oling, adolatli qaror qabul qiling;
- oʻzingizni parvarish qilish uchun vaqt ajrating; turmush oʻrtogingiz (va boshqa oila aʼzolari) buni qoʻllab-quvvatlashlari va kerakli yordamni koʻrsatishlari kerak;
- bola parvarishi va uy xoʻjaligidagi majburiyatlar ayollar va erkaklar oʻrtasida teng boʻlinishi maqsadga muvofiq boʻladi. Erkak va ayol tarbiyachilar odatda qarama-qarshi jinsga bogʻliq uy ishlarida qatnashishlari kerak;
- tarbiyachilar ota-onalar guruhida va turli oʻquvlarda qatnashishlarini, kerak boʻlganda ruhiy qoʻllab-quvvatlash uchun murojaat etishlarini ragʻbatlantirish kerak;
- ish beruvchilar va mahalliy rahbariyat ish joylarida oilada doʻstona munosabat siyosatini targʻib etishga ragʻbatlantiriladi;
- oiladagi barcha zoʻravonliklarning oldini olish va ular haqida xabar berish zarur, parvarish qiluvchilarni ragʻbatlantirish lozim, zarurat tugʻilganda mutaxassislarga murojaat qilinadi;
- his-tuygʻularingiz va ruhiy farovonligingizga eʼtibor bering va oʻzingizni parvarish qilish uchun vaqt ajrating. Masalan, sport bilan shugʻullaning, doʻstlaringiz bilan uchrashib turing va h.k.