Bolalardagi kuyishlar va qanday qilib ularning oldini olish mumkin – umumiy choralar
Issiqlik manbalari va elektr jihozlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida unutmaslik kerak. Bu yongʻin va jiddiy shikastlanishlarning oldini olishning muhim shartidir.
Body
Uyingizda xavfsizlikni taʼminlang
- Rozetkalarga bolalar barmoqlarini yoki turli xil jismlarni tiqmasliklari uchun ularni tegishli xavfsizlik qoplamalari bilan berkiting (bu elektr jihozlari doʻkonlarida mavjud).
- Maxsus himoya moslamalarini ochiq issiqlik manbalariga (elektr isitkichlar, kamin/oʻchoqsimon pechka va boshqalar) oʻrnating.
- Barcha maishiy kimyoviy moddalarni (tozalash vositalari va boshqalarni), bolalar qoʻli yetmaydigan joyga olib qoʻying va yashiring – ular nafaqat zaharli boʻlib, balki teri va koʻzlarning jiddiy kuyishiga olib kelishi mumkin.
- Gugurt, zajigalka va boshqa oʻt chiqaruvchi vositalar, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda saqlanishi kerak.
Uyingizni yongʻindan himoya qiling
- Uyingizdagi elektr jihozlari va isitish moslamalari ishchi holatda ekanini muntazam tekshirib turing.
- Har bir elektr simini izolenta bilan alohida oʻrab chiqing.
- Uydan chiqishdan oldin dazmol, elektr plitkasi yoki boshqa elektr jihozlarini oʻchirib qoʻyganingizga ishonch hosil qiling.
- Pardalar va boshqa tez yonuvchi buyumlarni issiqlik manbalari yaqiniga qoʻymaslik lozim.
- Uydagi oʻt oʻchirish moslamasi (agar sizda mavjud boʻlsa) ishchi holatida ekaniga ishonch hosil qiling.
- Bolalarga yongʻin holatida bajariladigan qadamlar ketma-ketligi haqida aytib bering.
Bolalar YONGʻINGA QARSHI XIZMAT TELEFON RAQAMI 101 ekanini bilishlari kerak!