Bolalarga eʼtiborsizlik
Eʼtiborsizlik – ota-ona yoki vasiy bolaning ehtiyojlarini bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga sezilarli taʼsir qiladigan darajada qondira olmasligi. Eʼtiborsizlik har doim qasddan qilingan hisoblanmaydi, uning chegarasi har doim ham aniq emas.
Body
Eʼtiborsizlikni tasdiqlash uchun ayrim holatlar bir necha marta kuzatilishi kerak. Eʼtiborsizlik jismoniy, ruhiy, tibbiy va taʼlimga bogʻliq turlarga boʻlinadi.
Eʼtiborsizlikni koʻrsatadigan belgilar:
- Bola doimo iflos yuradi va undan atrofga yoqimsiz hid tarqaladi.
- Bolaga doimo notoʻgʻri (mavsumga va oʻlchami mos boʻlmagan) kiyim yoki poyabzal kiydiriladi.
- Bola parvarish qilinmasligi holatlarining, uning shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik holatlarining (masalan, qoʻtir yoki bitlar) mavjudligi.
- Kariyesga uchragan (chirigan) tishlarning mavjudligi, semirib ketish, toʻyib ovqatlanmaslik.
- Bola oʻsish va rivojlanishdan orqada qolgan, chunki u yetarli ovqatlanishdan mahrum.
- Ota-onalar yoki vasiylar shifokorga olib borish imkoniyatiga ega, ammo bolani shifokor qabuliga olib borishmaydi.
- Ota-onalar yoki vasiylar emlash, rivojlanishni nazorat qilish va shunga oʻxshash bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni inkor etadilar.
- Bolaning yoshi va xususiyatlarini hisobga olib yetarli nazoratni taʼminlamaslik.
- Bolaga unga qodir boʻlmagan (sogʻligʻi, moddiy yoki boshqa sabablarga koʻra) kishi gʻamxoʻrlik qiladi.
- Bola tanasida hayvon tishlagan izlarning mavjudligi bu bolaning hayvon bilan muloqot qilishda qarovsiz qoldirilganini koʻrsatishi mumkin.
- Yetarlicha nazorat qilinmaslik natijasida yuzaga kelgan jarohatlar (kuyish, xavfli moddalarni isteʼmol qilish).
- Ota-ona yoki vasiylar tibbiy yordamga murojaat qilmaydi, bolada esa kasallik yoki ogʻriq belgilari mavjud.
- Bola oʻsayotgan muhit bolaning sogʻligʻiga xavf soladigan sharoitdan iborat (namlik, devorlardagi zamburugʻ, uyning sovuqligi, elektr energiyasi, suvning yoʻqligi, yongʻin xavfi mavjud).
- Yashash muhiti bolaning rivojlanish darajasiga mos emas.
- Maktabda oʻqishda yordam va qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi.
- Maktabga sababsiz qatnamaslik.
- Gʻamxoʻrlik, eʼtibor va mehr-muhabbatning yetarli emasligi.
- Bolaning oʻzini yolgʻiz, tashlab ketilgan, sevilmagan deb hisoblashi.
Agar qiziq boʻlsa, ushbu videoni koʻring: