Bolalarga zoʻravonlik qilish va ularga eʼtiborsizlik (ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik) nimani anglatadi?

“Zoʻravonlik – bolaning sogʻligʻi, omon qolishi, rivojlanishi yoki qadr-qimmati uchun haqiqiy yoki mumkin boʻlgan xavf tugʻdiradigan jismoniy, hissiy va jinsiy zoʻravonlikning, beparvolikning, boladan foydalanishning har qanday shaklidir”.
Body

Zoʻravonlik deganda, koʻpincha, shafqatsiz kaltaklash yoki jinsiy zoʻravonlik tushuniladi. Biroq bolalarga nisbatan ruhiy zoʻravonlik va eʼtiborsizlik keng tarqalgan va ularning bolalar ruhiy salomatligiga taʼsiri ham bir xil darajada zararlidir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va eʼtiborsizlik kam holatlarda kuzatilishi yoki vaqt oʻtishi bilan muntazam ravishda sodir boʻlishi mumkin. Bolalar koʻpincha ularga gʻamxoʻrlik qilayotganlar tomonidan zoʻravonlikka uchrashadi va koʻpincha bu ularning ota-onalari boʻladi. Agar ota-onalar birga yashamasa, bolaga zoʻravonlik qilayotgan shaxs ota-onaning hozirgi hamrohi boʻlishi mumkin.

Zoʻravonlik qiluvchilar bolaga gʻamxoʻrlik qiluvchi boshqa shaxslar: buvi va bobosi, asrab olgan ota-ona, tarbiyachi, oʻqituvchi, murabbiy va boshqalar boʻlishi mumkin. Shuningdek, zoʻravonlar, bolalar bilan ijtimoiy tarmoqlar (turli saytlar, telegram va boshqalar) orqali ataylab tanishadigan notanish odamlar boʻlishi mumkin. Koʻpincha boshqa bolalar ham zoʻravon boʻlishi mumkin.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari:

● jismoniy;

● ruhiy;

● jinsiy;

● boladan foydalanish;

● tengdoshlari tomonidan.

Bolalarni eʼtiborsiz qoldirishning qanday shakllari bor:

● jismoniy;

● ruhiy;

● tibbiy;

● tarbiyaviy;

● bolaning kuzatilmasligi yoki muntazam nazorat qilinmasligi.

Agar qiziq boʻlsa, ushbu videoni koʻring:

https://www.youtube.com/watch?v=6kcKX2In0B0