Bolalarning nogironligi boʻlgan aka-ukalarini qoʻllab-quvvatlashi
Rivojlanayotgan bolangizni qoʻllab-quvvatlash
Normal rivojlanayotgan bolalar nogironligi boʻlgan aka-ukalariga nisbatan turli munosabat bildirishadi. Bu bolalar siz uchun nogironligi boʻlgan bolangiz kabi qadrli ekanini his qilishlari kerak. Ularga gʻamxoʻrlik qilish uchun qancha koʻp narsalarni amalga oshirayotganingizni his qilishlari lozim.
Normal rivojlanayotgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash uchun baʼzi maslahatlar.
Normal rivojlanayotgan bolangizning opa-ukalari bilan oʻrtasidagi munosabatini ragʻbatlantiring
Farzandingizga nogironligi boʻlgan opasi yoki akasi bilan shugʻullanish yoqishini koʻrsangiz, uning ijobiy narsalarga eʼtibor qaratishiga ragʻbat berishingiz tavsiya etiladi.
Misol uchun, farzandlaringiz birgalikda mashina oʻynashganda tabassum va kulishlarini koʻrib: “Boburjon, ukang bilan mashina oʻynaganingda kulyapsan, bu seni xursand qiladi shekilliʼʼ deyishingiz mumkin.
Normal rivojlanayotgan bolangiz bilan uning his-tuygʻulari haqida gaplashing
Farzandingizni fikr va his-tuygʻularini baham koʻrishga undang. Qatʼiy hukm qilmasdan, xato boʻlsa ham ayblamasdan tinglagach, farzandingiz oʻzini qanday his qilishi kerakligi haqida yoʻnalish bering. Misol uchun: “Singling sochingizdan tortsa, bu qanchalik jahlingni chiqarishini tushunaman. Ammo u buni tushunolmaydi. Shuning uchun unga qattiq baqirib yubormagan yaxshi” singari.
Farzandingiz bilan nogironligi boʻlgan akasi yo opasi u haqida qanday fikrdaligi, oʻzini tutishi borasida suhbatlashing. Misol uchun: “Akang gapira olmasa ham, sen bilan oʻynashni yaxshi koʻradi” deng. Bu farzandingizga, uning nogironligi boʻlgan akasi yoki opasi dunyoni qanday his qilishi va koʻrishi haqida tasavvur beradi.
Oʻz his-tuygʻularingiz haqida gapiring
Farzandingizning nogironligi bilan bogʻliq his-tuygʻularingiz haqida gapiring. Bu bilan barcha farzandlaringiz uchun yaxshi namuna boʻlasiz. Farzandlaringizga turli xil kechinmalarga ega ekaningizni koʻrsatish yaxshi.
His-tuygʻularingiz haqida qanday gapirish mumkinligi haqida baʼzi misollar:
- “Akangga bosh kiyimini kiyishida yordam berganingdan sevindim”.
- “Oygul yiqilib, shikastlandi. Men shunga juda xafa boʻldim”.
- “Odamlar menga opang haqida koʻp savol berganida bezovtalanaman. Lekin baʼzan opangga boshqalar ham qiziqayotganidan mamnun boʻlaman. Baʼzida esa ularga bu haqda gapirishni istamasligimni aytaman”.
Sogʻlom rivojlanayotgan bolangiz bilan ham vaqt oʻtkazing
Barcha oila aʼzolarining talab va ehtiyojlarini qondirish qiyin. Odatda sogʻlom rivojlanayotgan bolangiz oʻz aka-opalariga koʻproq vaqt sarflayotganingizni sezishi mumkin. Bu haqda bolangiz bilan gaplashib turing. Masalan: “Men bu hafta opang bilan shifokorga bordim. Hayronman, sen bundan xafa boʻldingmi?”
Vaqt topib bolangiz bilan birga qilishingiz mumkin boʻlgan baʼzi tadbirlarni amalga oshiring. Misol uchun: “Men bugun maktabdan keyin sen bilan vaqt oʻtkazishni orziqib kutyapman. Rasmlar chizishimiz mumkin deb oʻyladim. Yoki boshqa nimadir qilamizmi?” deb ayting.
Siz odatda rivojlanayotgan bolangiz bilan u nima qilishni yaxshi koʻrishi haqida gaplashish orqali uning sizga nisbatan ishonchini oshirishga yordam berasiz. Bu esa bolangizga, uning aka-opalari alohida eʼtiborga muhtoj boʻlsa ham, oʻzi oilada muhim oʻrin tutishini anglatadi.
Muammolarni birgalikda hal qiling
Har kuni siz va sogʻlom rivojlanayotgan bolangiz ogʻir his-tuygʻularga duch kelasizlar. Muammolarni birgalikda hal qilish ularni yengishning yaxshi usuli.
Birinchidan, muammolarni hal qilishdan oldin bolangizning his-tuygʻularini aniqlash muhim. Misol uchun, siz uning nogironligi boʻlgan akasi yoki ukasining qilayotgan ishidan jahli chiqqanini koʻrsangiz bunday deng: “Akang sen koʻrayotganda televizorni oʻchirib qoʻydimi? Bu – tabiiy hol, u uchun shunday qilish toʻgʻri”. Farzandingizni tinchlantirish uchun bir lahza toʻxtab oling. Keyin muammo ustida ishlashingiz mumkin. Farzandingiz necha yoshda ekaniga qarab uning his-tuygʻularini tushunish, tinchlantirish va yechimlarni topish uchun maʼlum vaqt va yordam talab etiladi.
Sogʻlom rivojlanayotgan bolangiz boshqalar bilan muloqotga kirishishida koʻmak bering
Oila aʼzolari va oiladan tashqaridagi odamlar bilan muloqotda boʻlish barcha bolalar uchun muhim. Farzandingiz uchun muloqotga kirishish koʻnikmasi nogironligi boʻlgan aka-ukasi bilan yoki boshqa bolalar bilan oʻynagan vaqtda rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bolangizga jamoaviy sport, darsdan tashqari tadbirlar yoki jamoat tashkilotlari orqali boshqalar bilan muloqotga kirishishga yordam berishingiz mumkin.
Katta bolalar va oʻsmirlar nogironligi boʻlgan opa-ukasisiz, boshqa doʻstlar bilan vaqt oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Akalari uchun tengdoshlarni qoʻllab-quvvatlash guruhlari, shuningdek, bolangizga nogironlikni yaxshiroq tushunishga, koʻproq doʻstlar orttirishga, murakkab vaziyatlarni hal qilish uchun yangi gʻoyalar olishga, oʻzi va his-tuygʻularini yaxshi his qilishga yordam beradi. Ushbu guruhlar koʻpincha nogironlik tashkilotlari, mahalliy kengashlar orqali faoliyat yuritadi.
Nogironlik haqida gaplashish
Sogʻlom rivojlanayotgan farzandingiz nogironligi boʻlgan opasi yoki ukasining holatini tushunmasligi, anglamasligi, baʼzi savollar berishi mumkin: “Bunga men sababchimanmi?”, “U qachon tuzaladi?” yoki “Men ham shunday boʻlib qolishim mumkinmi?”. Bunday paytda farzandingizning savollariga iloji boricha toʻgri, tushunarli javob bering.
Farzandingizga uning opasi yo ukasi bilan nima sodir boʻlishi mumkinligi haqida ijobiy va haqqoniy tushuncha bergan yaxshi. Masalan: “Singlingda miya falaji bor, bu uning oyoqlaridagi mushaklar toʻgʻri ishlamasligiga sabab boʻlgan. U hozir nogironlar aravachasidan foydalanishi kerak. Hozir oyoqlari yaxshi ishlashiga yordam berish uchun fizioterapiya oʻtkazilyapti”.
Bolangiz baʼzan uning nogironligi boʻlgan opa-ukalari bilan oʻtkaziladigan terapiya tadbirlarida ishtirok etishi nogironlik haqida toʻgri tushuncha hosil qilishiga yordam beradi.
Boshqa odamlarning nogironlikka boʻlgan reaksiyalari haqida gaplashing
Nogironligi boʻlgan bolangizga atrofdagilarning reaksiyasi sogʻlom bolangiz uchun qanday taʼsir qilishidan xavotir olishingiz mumkin. Farzandingizni bunday tashqi taʼsirlarga tayyorlab borsangiz bu boshqalarning reaksiyalariga javob berishni osonlashtiradi.
Farzandingiz bilan boshqa odamlar uning ukasi yoki singlisiga qanday munosabatda boʻlishlari va uni qanday his qilishlari haqida suhbatlashing. Farzandingizga tushuntiring, agar odamlar xafa boʻladigan narsalarni gapirishsa, xafa boʻlish – tabiiy holat. Bu unga shunday paytda toʻgʻri javob qaytarishida, kimga qanday munosabatda boʻlishida yordam beradi. Misol uchun: “Akamning miyasi sizning va mening miyamdan boshqacharoq ishlaydi”.
Bundan tashqari, bolangiz bu haqda gapirishni istamasligi, berilgan savollarga javob bergisi yoʻqligini aytishi, bunga majbur ham emasligini bildirib qoʻyishingiz foydali.
Nogironligi boʻlgan bolalarning aka-ukalari uchun koʻmak oling
Nogironligi boʻlgan bolalarning aka-ukalari odatda jamiyatga yaxshi moslashgan boʻlsa-da, barcha bolalarning rivojlanishi har xil boʻladi. Baʼzi bolalar buni boshqalardan koʻra qiyinroq anglashi, qoʻshimcha yordamga muhtoj boʻlishi ehtimoli bor.
Ota-ona sifatida siz bolangizga koʻproq yordam kerakmi, degan eng yaxshi hakam boʻlasiz. Odatda rivojlanayotgan bolangizda quyidagi holatlarni koʻrsangiz, qoʻshimcha koʻmak berish talab etiladi:
- odatdagidan koʻproq yoki kamroq uxlash;
- odatdagidan koʻproq yoki kamroq ovqatlanish;
- koʻp bezovta boʻlish;
- zavq hissi oʻrniga kamroq qiziqish koʻrsatishi;
- nogironligi boʻlgan opa-ukasiga nisbatan jizzaki yoki befarq boʻlishi;
- doʻstlar bilan vaqt oʻtkazishni xohlamasligi;
- oʻzini gʻayrioddiy tutishi. Masalan, oʻzini nogiron qilib koʻrsatishga urinishi yo barchani birdek xursand qilishga qattiq harakat qilishi.
Sizni va oilangizni qoʻllab-quvvatlovchi, maslahatlar beruvchi mutaxassislar borligini esdan chiqarmang. Agar siz bolalaringizdan biri haqida tashvishlansangiz, sizga psixolog yoki professional maslahatchi yordam berishi mumkin.
Farzandlaringizning ehtiyojlariga qarab turish oson, lekin oʻzingizga qarash ham muhim. Siz sogʻlom, xursand va xotirjam boʻlsangiz boshqalar munosabatingizda ruhiy holatingiz shunday ijobiy saqlanadi.