Bolangiz oʻzini tinchlantirishi uchun unga yordam bering
Kerak boʻladigan materiallar: odatda bolangizning yoniga, uning karavoti yoki u yotadigan boshqa joyga qoʻyadigan birorta buyum, narsa.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Farzandingizning kayfiyati buzilganda unga gʻamxoʻrlik qilish hali ham muhimdir. Biroq farzandingiz oʻzini oʻzi oz muddatga boʻlsa ham tinchlantira olayotganini sezasiz. Unga tasalli beradigan, oʻzini xotirjam his qilishiga yordamlashadigan yonidagi narsalar xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling, shu bilan bolangizga yordam berishingiz mumkin. Masalan, dilbandingiz silashni yaxshi koʻradigan yumshoq oʻyinchogʻi bormi? Bola koʻrishi mumkin boʻlgan rang-barang oʻyinchoq, mobil telefon yoki rasm topiladimi? Farzandingiz barmoqlarini soʻrish orqali tinchlansa, uning qoʻllari qulay holatda turibdimi? Bolangizning oldiga darhol bormang, kuzating, u oʻzi tinchlanayaptimi yoki oʻzini oʻzi oz muddatga ovuntira olyaptimi?
Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz vaziyatni yaxshilash uchun sizga suyanishi mumkinligini biladi. Shu bilan birga, bolajoningiz xotirjamlikni saqlash uchun oʻzi ham nimadir qila olishi mumkinligini anglaydi. Bolaning oʻzini tinchlantirishi – hozirdan oʻrganishni boshlash va kelgusi oy va yillar davomida rivojlantirish zarur boʻlgan muhim jihatdir. Har doimgidek, bu jarayonda ham mehr bilan qoʻllab-quvvatlashingiz juda muhimdir.