Bolaning qiziqishlarini saqlab qolish

Kerak boʻladigan materiallar: bolaga yoqadigan oddiy buyum va oʻyinchoqlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda farzandingiz “men zerikdim” yoki “menga yoqadi, iltimos, toʻxtamang!” deya olmaydi. Oʻzini qanday tutishini kuzatib, farzandingizda yangi narsalarni bilan shugʻullanish istagi yoki qiziqish bor-yoʻqligini bilishingiz mumkin. Bola ilgari oʻzi qiziqqan narsadan zerikishi yoki yuz oʻgirishi mumkin. Yoki u joy yoki holatni oʻzgartirishi kerakdir.

Farzandingiz qiziquvchan, ziyrak va mamnun boʻlishi uchun bir nechta gʻoyalarni sinab koʻring. Siz farzandingizni hammadan yaxshiroq bilasiz. Ehtimol, qoʻliga biror buyum berarsiz, buni uni ozroq hayratga solishi mumkindir. Yoki bolangizni koʻtarib biroz aylanarsiz, xonaning yangi qismlarini birga kuzatarsiz. Balki, bola yetarlicha “qorinda yotgan”dir, endi osmonga qarab yotishni va nimalarnidir kuzatishni istayotgandir.

Siz har minutda biror yangi narsa qilishingiz shart emas, shunchaki bolaning intilishlariga eʼtiborliroq boʻling. Agar salgina ragʻbatlantirish, qiziqtirish bolada qoniqish va intilishni faollashtirsa, ozroq oʻzgartirish kiritishingiz mumkin. 

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolangiz harakatlanish va gapirishni oʻrganishidan oldin ham unga nima kerak boʻlayotganini sizga bildira oladi. Ushlash va kuzatish kerak boʻlgan narsalardagi oddiy oʻzgarishlar yoki bola holatidagi biror kichik oʻzgarish oʻrganishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Vaqt oʻtishi bilan taʼlimga sarflangan muddat bolaga nima berganini tushunib olasiz.