Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalar
Bolaning toʻsatdan oʻlishi haqida
Agar bir yoshga toʻlmagan goʻdakning uyqusida toʻsatdan oʻlim sodir boʻlsa, bu “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” deb taʼriflanadi.
Koʻp holatlarda “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” quyidagilar bilan tushuntiriladi:
- Uyquda boʻgʻilib yoki qisilib qolish kabi baxtsiz hodisalar. Buning sabablari goʻdak uxlayotgan sharoitlar bilan bogʻliq.
- Oʻlimning aniq sababini topishning iloji yoʻqligi.
Baʼzida bunga jiddiy kasallik yoki bolaning sogʻligi bilan bogʻliq tugʻma muammo sabab boʻladi.
“Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalar
Bolaning toʻsatdan oʻlimiga nima sabab boʻlishi aniq emas, lekin barcha bolalar “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” xavfi ostida boʻlishi maʼlum, shuningdek, uning xavfini oshiradigan omillar ham aniqlangan.
Baʼzi bolalarda “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi”ning xavfi yuqori boʻladi, agar ular:
- tugʻilishidan oldin yoki keyin tamaki tutuni yoki giyohvand moddalar taʼsiriga duch kelgan boʻlsa;
- muddatidan oldin tugʻilgan boʻlsa yoki tugʻilgandagi vazni kam boʻlsa.
Yosh
“Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va uyqudagi oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalarning xavfi goʻdakning 1–4 oyligida eng yuqori boʻlsa-da, hayotining birinchi 12 oyida ham saqlanib qoladi.
Sharoit
Bolaning uxlash vaqtidagi baʼzi sharoitlar “Bolaning toʻsatdan oʻlim sindromi” xavfini oshiradi. Agar bola uxlayotgan xona juda issiq boʻlsa yoki u yerda tamaki chekilsa, xavf ortadi.
Yoshi boʻyicha xavf guruhidagi yoki rivojlanishida oʻziga xos muammolari bor bolalarda “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi”ga yoʻliqish ehtimoli yuqori boʻladi.
Farzandingizning zaif tomonlarini va yoshini boshqara olmaysiz, biroq oddiy tavsiyalarga amal qilish orqali “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalarning xavfini kamaytirishingiz mumkin.
“Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalar: oldini olish mumkin boʻlgan xavflar
Bolalarning uxlash sharoiti deganda bolalar qayerda va qanday uxlashlari, uyqu vaqti va boshqa paytlarda atrofda nimalar boʻlishi nazarda tutiladi. “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” xavfi bolalarning uxlash sharoiti bilan bogʻliq, lekin xavfning oldini olish mumkin.
Qanday qilib “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalarning oldi olinadi?
Siz quyidagi qoidalarga amal qilsangiz, xavfning oldini olgan boʻlasiz:
- bolani qorni bilan yoki yonboshlatib yotqizmang. U chalqancha yotib uxlashi kerak! Bolalarni uygʻoq paytida va faqat kattalar kuzatib turganda qorni bilan yotqizish mumkin (Bolani qorni bilan yotqizish u uchun foydali, chunki bu boʻyin va yelka mushaklarining rivojlanishiga yordam beradi);
- bolalar boshi yoki yuzi yopiq holda uxlamasligi kerak;
- bolalar haddan tashqari isib ketmasligi zarur, ayniqsa, uxlayotganda – masalan, ular ustida juda koʻp kiyim yoki issiq qalpoq bilan uxlaganda.
Bolalar qayerda uxlayotganiga eʼtibor bering. Siz quyidagi qoidalarga rioya qilishingiz kerak:
- bolalar yumshoq yuzalarda (masalan, partoʻshak yoki suvli matras) yoki divanda (ota-onasi bilan yoki ularsiz) uxlamasligi kerak;
- bolalar onasi yoki boshqa oila aʼzosi bilan birga uxlamasligi kerak!
- ular uxlash paytida toʻshak va bolalar karavoti orasiga yoki karavot va devor oʻrtasiga tiqilib qolmasligiga ishonch hosil qiling;
Bolalarning atrofida nimalar borligiga eʼtibor bering. Siz quyidagi qoidalarga rioya qilishingiz kerak:
- bolaning yonida yoki bitta xonada tamaki chekmang;
- bolani yumshoq toʻshakka yoki par choyshabga (masalan, qoʻy junidan tayyorlangan toʻshakka), shuningdek, yostiqqa va yumshoq oʻyinchoqlar yoki karavotning yumshoq toʻsiqlariga yotqizmaslik kerak;
- bolalarni boʻgʻib qoʻyishi mumkin boʻlgan har qanday narsani (masalan, bogʻichlar, arqon, iplar, bolalar aravachasining tasmalari) olib tashlang.
Bola bilan bir xonada uxlang: bola yotadigan joyni oʻzingiz yotadigan xonaga tayyorlang. Bola 1 yoshga toʻlgunga qadar siz bilan bir xonada yotgani yaxshi.
“Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalarning oqibatlari
Bolaning toʻsatdan oʻlimi ota-onalar duch keladigan eng ogʻir va qaygʻuli holatdir. Ular koʻpincha gʻazab, aybdorlik, umidsizlik va birinchi navbatda qaygʻuni his qiladi. Bunday qiyin paytlarda ota-onalar va oilalarga yordam beradigan, maxsus xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarga murojaat qiling.