Bosh kiyimni yechamiz

Kerak boʻladigan materiallar: turli xil oʻlcham va shakldagi bosh kiyimlar, bitta stul.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kichkintoyingizni stul yoki qulay joyga oʻtqazing. U yerda ham oʻtirishi mumkin, uning oldiga oʻtirib, oʻyin mashgʻulotini boshlang.

Dastlab shlyapani kiying va unga: “Qara, oying shlyapa kiyibdi! Bu shlyapa” deng. Bunday koʻrsatmadan keyin shlyapani yechib oling va “Endi sening navbating” deb ayting.

Shlyapani kichkintoyning boshiga kiydirib, unga: “Endi uni oʻzing yechib ol” deb buyuring va shlyapani qanday yechishni koʻrsatib bering. Siz bu yoshdagi bolaning muvaffaqiyatlaridan hayratlanishingiz kerak. U shlyapani yechganda qarsak chalishingiz yoki “Barakalla!” deb olqishlashingiz mumkin. Yana bir usul: siz va farzandingiz bittadan shlyapa kiyib, uni bir vaqtda yeching yoki uni bir-biringizning boshingizdan yechib oling.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday mashgʻulotlar kichkintoyingizga harakatli faoliyatini kuchaytirishga, ijtimoiy oʻzaro taʼsir va nutq koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Farzandingiz hech qanday yordamsiz oʻtirishni oʻrganadi.