Boshimni koʻtaraman
Kerak boʻladigan materiallar: yumshoq adyol.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: foydalanadigan buyumlaringizni oldindan tayyorlab qoʻying. Adyolni tekis, qulay yuzaga toʻshang. Kichkintoyingizni adyolga qorni bilan yotqizing va qoʻshiq ayting:
Maaaa, maaaaaa, kichik qoʻzichoq,
Sening yunging bormi?
Ha, bor, albatta bor,
Uchta toʻla qop.
Biri xoʻjayin uchun,
Biri bekamiz uchun,
Yana bittasi esa
Kichik bolakay uchun.
Qoʻshiq aytayotib uning orqasini muloyimlik bilan silang. Bu mashq bolangizni gavdasi va boshini toʻgʻirlashga undaydi, emaklashiga yordam beradi va sezish koʻnikmalarini ragʻbatlantiradi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot kichkintoyingizga tanasida kuch va tonusni rivojlantirishga koʻmaklashadi, shuningdek, uning sezgilarini kuchaytiradi va boshini tik tutishga undaydi.