Bu kimniki?

Kerak boʻladigan materiallar: katta boʻlmagan turli xil buyumlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyin uchun qulay joy toping. “Kel, oʻyin oʻynaymiz! Mana [biror buyum, masalan, toʻp]”, deb ayting. Toʻpni farzandingizga bering va shunday deng: “Endi bu [farzandingizning ismi]ning toʻpi. Bu seniki!. Soʻng: [farzandingizning ismi], qani, toʻpni oyingga ber-chi. Rahmat! Endi bu oyingning toʻpi – u meniki!” Buyumni unga berish va qaytib olishda davom eting, almashinuvni qiziqarli qilib, “seniki” va “meniki” degan soʻzlar hamda farzandingiz va oʻzingizning ismingizdan foydalanib davom ettiring. Bu dars emas, bu – shunchaki quvnoq oʻyin. Farzandingiz bilan oʻtkazayotgan vaqtingizdan zavqlaning.

Kunning boshqa qismlarida ham “seniki, meniki, uniki va hk” va “ustida, tagida, tepasida” kabi soʻzlardan foydalanib oʻyin oʻynashingiz, buyumlarni olayotgan yoki joylayotgan paytingiz, masalan: “Adyoling qani? Voy, u stol tagida ekan! Iltimos, uni ol” deb aytishingiz mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu yoshda farzangizning til xususiyatlari tez rivojlanadi. Egalikni bildiruvchi (meniki) va oʻrinni bildiruvchi (tagida) soʻzlar farzandingizga oʻzini namoyon qilish va olamni anglashda juda muhim vosita hisoblanadi. Kundalik mashgʻulotlar va bu kabi oddiy oʻyinlar, kitob oʻqish va kundalik suhbatlar – bularning barchasi farzandingizning til va muloqot qobiliyatlari rivojlanishiga sabab boʻladi.