Bulutlarni kuzatish

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolangizni/bolalarni chalqancha yotqizing, oʻzlarini oʻngʻay his qilsin va osmonni kuzatish imkoniga ega boʻlsin. Quyoshga qaramayotganliklariga ishonch hosil qiling. Ular bulutlarning qanday shakllarini koʻryapti? Bolalarni bulutlarni sanashga va ularni qanday tasvirlash mumkinligi toʻgʻrisida oʻylashga undang. Ular paxmoq, patli, tukli, yumaloq, tekis va ogʻirmi? Ular biron-bir narsaga, masalan, hayvonlar yoki multfilm qahramonlariga oʻxshaydimi? Harakatlanganda shaklini oʻzgartiryaptimi? 

Individual mashgʻulot sifatida bolalar oʻzlari koʻrgan narsalarining rangli chizgilarini chizishlari mumkin. Yoki bulutlarni guruh boʻlib tomosha qilganlarida navbatma-navbat bulutlarni “qahramon” qilib hikoyalar aytib berishlari mumkin.

Bulutlarni tomosha qilish, ayniqsa, shom payti yanada zavqli boʻladi. Bulutlar tungi osmonda koʻrinmay qolgunicha kunbotar ranglarini oʻziga qanday singdirishini tomosha qiling!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: osmonni tomosha qilish vaqtida bolalar murakkab kun tartibi, qiyin kechinmalar va zerkishdan chalgʻiydi. Ular chalgʻishlari va shunchaki “ayni damni his qilish”ni oʻrganishlari mumkin – bu oʻz-oʻzini anglash, oʻz hislarini nazorat qilish va xotirjamlikka yordam beruvchi foydali koʻnikmadir. Bulut parchalari gʻoyalar, rasmlar va hikoyalar uchun yangi ijodiy ilhom manbai boʻlishi mumkin. Oʻzingizni boʻsh qoʻying va  bolalarning tasavvuri qanday rivojlanayotganini kuzating.