Buni silkitib koʻring-chi
Kerak boʻladigan materiallar: tuxum solinadigan karton idish (12 ta tuxumga moʻljallangani boʻlsa yaxshiroq), ikkita hisoblagich, ruchka yoki qalam, hisobni yuritish uchun bir varaq qogʻoz yoki yondaftar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: karton idishning har bir katagini raqamlab chiqing. Keyin uning ichiga ikkita fishka solib, idishni yoping.
Ishtirokchilar aylana shaklida davra qurib oʻtirishlari kerak. Birinchi ishtirokchi idishni olib, uni silkitadi, keyin esa ochadi. Fishkalarda chiqqan ikkita raqamni qoʻshib, bu galdagi hisobini yozib oladi. Ishtirokchilar hisobini bilib, yozib olganidan soʻng, idish boshqa ishtirokchiga uzatiladi.
Shu tarzda quti davradagilarning hammasiga birma-bir uzatiladi, ishtirokchilar har galdagi oʻz ballarini hisoblab boradi. Birinchi boʻlib 100 yoki boshqa belgilangan yaxlit sonni toʻplagan ishtirokchi gʻolib boʻladi!
Koʻpaytirish jadvalini mashq qilish uchun oʻyinchilardan har bir galda fishkalarda chiqqan ikkala sonni koʻpaytirib borishni soʻrang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar uchun moʻljallangan bu oddiy matematik oʻyin ularning aqliy arifmetik koʻnikmalarini mashq qildirishning qiziqarli usulidir. Bundan tashqari, u minimal jihozlarni talab qiladi va turli yoshdagi bolalar uchun qoʻllanishi mumkin!