Butilkali bouling

Kerak boʻladigan materiallar: plastik butilkalar, boʻr, yumshoq toʻp.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlash uchun dastlab quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak boʻladi:

1. Plastik butilkalarni oʻyin maydonchasida tasodifiy tartibda, bir-biridan 5 metr uzoqlikda qoʻyib chiqing.

2. Har bir butilka atrofida boʻr bilan katta aylana chizing.

3. Birinchi boʻlib butilkalarni “urib tushiradigan” ishtirokchini tanlang. Qolganlar esa himoyachi boʻladi va ular bittadan aylanani tanlab olishi kerak. Himoyachilarning bir oyogʻi aylana ichida turadi, ikkinchi oyoqlari bilan esa oʻz butilkalarini toʻp zarbasidan himoya qilishlari zarur.

4. Butilkalarga zarba beruvchi oʻyinchi aylanalardan taxminan 2–3 metr uzoqlikda turib, toʻpni yerga otadi, keyin uni butilkaga qaratib tepadi. Agar toʻp butilkaga tegib, uni yiqitsa, zarba beruvchi va himoyachi oʻrin almashadi.

Bu oʻyinni oʻynash uchun sizga qattiq yuzali oʻyin maydonchasi yoki ozroq asfaltli yer kerak boʻladi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bouling va futbolni oʻzida mujassamlashtirgan bu gʻayrioddiy oʻyin bolalarni hamisha sergaklikka chorlaydi! Toʻpni oldinga va orqaga otishdan oldin butilkalarni qayerga qoʻyish kerakligini muhokama qilish, oʻsha yerni boʻr bilan chizish bolalarga juda ham yoqadi. Butun oʻyin bolalarning asosiy rivojlanish koʻnikmalari (kognitivdan tortib ijtimoiy va motorli koʻnikmalarga qadar) uchun mukammal amaliyotdir va jamoaviy sport turlariga oʻtishda bolalarga oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishda yordam beradi.