Buyumlardan foydalana olaman
Kerak boʻladigan materiallar: tish choʻtkasi, taroq, telefon, qoshiq yoki boshqa kundalik hayotda foydalaniladigan buyumlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ishga kirishishdan oldin mashgʻulot oʻtkaziladigan joyni tayyorlashingiz kerak, buni kundalik yumushlaringiz orasida amalga oshirsangiz ham boʻladi. Kichkintoyingizni koʻzgu yoniga toʻshalgan gilamcha yoki yumshoq joyga yotqizing, shunday joy tanlangki, bola atrofdagi buyumlarga chalgʻimasdan, butun diqqati mashgʻulotda boʻlsin.
Oʻz aksini koʻrishi uchun farzandingizni koʻzgu qarshisiga qoʻying.
Birinchi buyumni, masalan, taroqni oling va uni odatdagidek ishlating. Sochlaringizni tarang, keyin kichkintoyingiz ham sochlarini tarab koʻrishi uchun taroqni unga bering.
Oldindan tayyorlab qoʻyilgan boshqa buyumlar bilan davom ettiring. Har kuni yangi buyum qoʻshib borishingiz mumkin.
Yana bir usul: bolangizdan yordam soʻrang, masalan, “iltimos, sochlarimni tarab qoʻy” deb ayting va u sochlaringizni tarashiga imkon bering.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu mashgʻulot kichkintoyingizga har bir buyumning oʻz vazifasi borligini tushunishga yordam bergan holda taqlid qilish va koʻzguda oʻz aksini tanishni oʻrgatadi. Shuningdek, farzandingiz turli xil narsalarni ushlash va ulardan toʻgʻri foydalanish uchun qoʻllaridan mahorat bilan foydalanishni oʻrganadi.