Buyumlarni tutish
Kerak boʻladigan materiallar: qoshiq, meva, paxta kabi turli xil tarkibiy tuzilishga ega buyumlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashgʻulot farzandingiz buyumlarni qoʻlida tuta olishi uchun zarur boʻlgan harakatlarini boshqarishi va nazorat qilishiga yordam beradi. Masalan, qoshiqni ogʻziga olib borish uchun kerak boʻladigan harakatlarni boshqarishni oʻrganadi.
Kichkintoyning qoʻliga turli xil tarkibiy tuzilishga ega buyumlar (qozonyuvgʻich, qoshiq, paxta, barg, banan va boshqalar)ni tuting va uni ushlashga undang.
Ayni damda farzandingiz bilan gaplashing va har bir buyumning vazifasini tushuntiring. Masalan: “Bu – qoshiq”, deb ayting. U nima uchun ishlatilishini, qanday tayyorlangani, shakli va nimadan ishlanganini tushuntiring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot kichkintoyingizga buyumlarni ushlash uchun zarur boʻlgan qoʻl harakatlarini boshqarishda yordam beradi.