Buyumni toping
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: birinchi ishtirokchi oʻz atrofidagi biror buyum toʻgʻrisida oʻylaydi. Boshqa ishtirokchilar esa faqat “ha” yoki “yoʻq” deb javob beriladigan savollarni bergan holda oʻsha buyumni topishlari kerak. Buyum topilgandan keyin ishtirokchilar oʻrin almashadi. Buyum nomini topayotganlar taslim boʻlishsa, birinchi ishtirokchi yana bir marta urinib koʻradi.
Beriladigan savollar sonini cheklash orqali oʻyin tuzilishini oʻzgartiring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar bunday topqirlik oʻyinida sirli buyumni aniqlash uchun kuzatish va detektiv qobiliyatlarini koʻproq qoʻllashi kerak. Bu oʻyinda butun oila ishtirok etishi mumkin va u yoʻlda oʻynash uchun juda mos keladi.