Chalqanchasiga uchamiz
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolangiz bilan mashgʻulot oʻtkazishni boshlashdan oldin joyning qulay va xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling. Bu karavot, adyol yoki gilamchaning usti boʻlishi mumkin.
Dastlab bolani chalqanchasiga yotqizing va unda koʻnikish hosil boʻlishi uchun qoʻl-oyoqlarini sekinlik bilan qimirlating. Keyin esa kichkintoy chap tomonga agʻanashiga yordam berish uchun uning oʻng qoʻl va oyogʻidan sekin ushlab, ularni chap tomonga yoʻnaltiring. Bolani maqtang va biroz shu holatda qoldiring. Keyin bolangizni yana chalqanchasiga yotqizing va xuddi shu harakatlarni oʻng tomon uchun bajarib koʻring. Bolaning harakat erkinligini cheklab qoʻymang.
Siz bu mashgʻulotni taglikni almashtirayotganda yoki bola tekis yuzada yotganida 2–3 marta takrorlashingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida siz kichkintoyingizga dumalab chalqanchasiga yotishni oʻrgatish orqali qoʻl va oyoqlarini mustahkamlashga yordam berasiz.