Chiqindi yigʻish
Kerak boʻladigan materiallar: qoʻlqop, axlat uchun xalta, axlat yigʻuvchi moslama (ixtiyoriy).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzand(lar)ingiz bilan chiqindilar tashlangan joylarga, masalan, maktab, oʻyin maydonchasi, istirohat bogʻi yoki mahalliy plyajga boring. Zararli va xavfli narsalar yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, yelim qoʻlqop kiyib, chiqindilarni yigʻishga kirishing. Bolangizdan yovvoyi tabiatni kuzatib, qaysi hayvon yoki hasharotning oʻz mehnati bilan qurgan uyasi xavfsizroq va ozodaroq ekanini aniqlashni soʻrang.
Oziq-ovqat paketlari, qutilar, metall bankalar va qogʻozlar kabi narsalardan foydalanib uy chiqindilaridan haykal yoki maket yasang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: sayr davomida manzarali joylarda koʻplab chiqindilarni uchratishingiz mumkin. Chiqindi yigʻish – bilimlarni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, xoʻsh, nega farzandingiz bilan sarguzashtga boy sayrga chiqmasligingiz, unga bu oddiy harakat tabiatning gullab-yashnashi uchun yordam berishini koʻrsatib bermasligingiz kerak? Atrof-muhitga qilingan bunday gʻamxoʻrlik farzandingizga birgina inson koʻp narsaga qodir ekanini anglash imkonini beradi!