Choyshabli oʻyin

Kerak boʻladigan materiallar: yumshoq adyol, ovqatlanish oʻrindigʻi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: dastlab kichkintoyingizni ovqatlantirish uchun oʻrindiqqa oʻtqizing va oʻzingiz ham uning oldiga oʻtiring. Boshingizni adyol yordamida yoping. Adyolni olib tashlab, bolangizga yuzingizni koʻrsatganingizda “ku-ku!” deng. Bu oʻyin siz va kichkintoyingizga kulgu ulashadi, oʻynaganingiz sari qiziqarli boʻladi. Endi kichkintoyning boshini yoping, soʻng uning yuzchasini koʻrish uchun adyolni torting. Boshini adyol bilan yopib, uni olib tashlashni oʻrganishiga imkon berishingiz mumkin. Har safar adyolni tortganingizda “ku-ku!” deyishni unutmang.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: Kichkintoyingiz yuzini tanib olishi va oʻyinni kuzatishi uchun uning vizual idroki va tanqidiy fikrlashini ragʻbatlantiring. Eng muhimi, bolangiz sizning yuzingiz asta-sekin paydo boʻlishi va yoʻqolishiga odatlanadi.