COVID-19 bilan ogʻir kasallanganda emizish
Ona sutida bolalarni koʻplab infeksiyalardan himoya qiladigan antitanachalar bor. Agar bola COVID-19 infeksiyasiga chalingan boʻlsa, koʻkrak sutidagi antitanachalar va bioaktiv omillar kasallikka qarshi kurashishi mumkin. Bundan tashqari, COVID-19 virusi ona sutida topilmagan va emizish orqali yuqishi isbotlanmagan.
Agar onalarda COVID-19 ning ogʻir turi yoki boshqa biror kasallikning asoratlari aniqlansa, bu bolani parvarish qilishga yoki koʻkrak suti bilan bevosita emizishni davom ettirishga vaqtinchalik toʻsqinlik qiladi. Ular tegishli gigiyena choralarini qoʻllab, koʻkrak sutini sogʻishlari va bolaga bu sutni xavfsiz holatda berishlari kerak.
- Agar ona koʻkrak sutini qoʻlda yoki elektr moslama bilan sogʻsa, koʻkrak sutini sogʻishdan oldin qoʻllarini yuvishi va har foydalanishdan keyin moslamani toʻgʻri tozalashi kerak.
- Bolaga sogʻilgan ona sutini toza piyola va/yoki qoshiq yordamida, imkoni boricha, kasallik alomatlari boʻlmagan odam berishi kerak.
Agar emizish yoki sutni sogʻishga onaning kuchi yetmasa, holsiz boʻlsa, 6 oylikkacha boʻlgan bolalar uchun moslashtirilgan sut aralashmasini (toza piyola va/yoki qoshiq yordamida), 6–23 oylik yoshdagi bolalarga esa qoʻshimcha ovqatni vaqtincha kiritish mumkin.