COVID-19 ga gumon boʻlganda / tasdiqlanganda emizish
Ona suti goʻdaklarni koʻplab infeksiyalardan himoya qiluvchi antitanachalarga ega.
Ona sutidagi antitanachalar va biologik faol omillar, agar bola COVID-19 infeksiyasiga chalinsa, unga qarshi kurasha oladi. Bundan tashqari, ona sutida koronavirus topilmagan va uning emizish orqali yuqishi isbotlanmagan.
1. Agar chaqalogʻingiz yaqin orada tugʻiladigan boʻlsa, sizni oʻqitish va qoʻllab-quvvatlash kerak. Natijada bolani xavfsiz emizish, yangi tugʻilgan chaqaloq bilan “teriga teri” aloqasini taʼminlash va u bilan bir xonada boʻlishning ahamiyatini tushunib yetasiz.
2. Tegishli gigiyena qoidalariga rioya qilib, emizishni xavfsiz tarzda boshlashingiz mumkin: oziqlantirish vaqtida nafas olish gigiyenasiga rioya qiling, niqob taqing; bolani qoʻlga olishdan oldin va keyin qoʻlingizni yuving; oʻzingiz tegingan yuzalar va jismlarni muntazam tozalang va dezinfeksiya qiling.
3. Agar oʻzingizni yomon his qilsangiz va koʻkrak suti bilan boqish uchun kuchingiz yetmasa, bolani koʻkrak suti bilan xavfsiz taʼminlashning boshqa usullaridan, masalan – sutni sogʻishdan foydalaning. Emizish boʻyicha maslahatchi yoki tibbiyot xodimidan sizga mumkin boʻlgan usullar haqida soʻrang. Agar kasallik paytida sut ishlab chiqarishni davom ettira olmasangiz, sogʻaygach, emizishni davom ettirishingiz mumkin.
4. Emizish bolaning immunitetini mustahkamlaydi va onaning antitanachalari ona suti orqali bolaga oʻtadi va unga infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Agar farzandingiz COVID-19 yoki boshqa kasallik bilan kasallansa, emizishni davom ettirishingiz kerak.