COVID-19 pandemiyasi tufayli kasalxonalardagi kichik bemorlarga munosabat oʻzgarganmi?

Koʻpgina mamlakatlarda izolyatsiya va mavjud xavf-xatarlar tufayli pandemiya odatdagi perinatal parvarish tartibini izdan chiqardi va emizish amaliyotiga taʼsir qildi.
Body

Hozir onalar, oilalar va mutaxassislarga oson emas.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tugʻuruqdan keyin COVID-19 infeksiyasi gumon qilingan yoki tasdiqlangan (klinik koʻrinishi yengilroq yoki asoratlanmagan pnevmoniya boʻlgan) ayollarga quyidagilarni taqiqlamaydi, aksincha, tavsiya qiladi:

  • bolani emizish yoki sogʻilgan sut bilan boqish. Bunda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun barcha gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
  • bolalarni qoʻlga olish (infeksiyani yuqtirmaslik uchun barcha tavsiya etilgan qoidalarga rioya qilgan holda).

JSST tavsiyalari barcha mamlakatlarda ham qabul qilinmagan. Baʼzi mamlakatlarda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan onadan, kasallikning ogʻirlik darajasidan qatʼi nazar, tugʻilishi bilanoq bolasi ajratib qoʻyiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqqa yoki tibbiyot xodimlariga infeksiya yuqishi xavfi sababli ona va bolaning yaqinligi, bolani emizish va tanasiga tegish taqiqlanadi.

COVID-19 pandemiyasi qancha davom etishi nomaʼlum, ammo u bilan kurashish usullarini takomillashtirish kerak, bunda tajribani kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa pandemiyalar uchun saqlab qolgan holda, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga insoniy munosabat va tegishli parvarish sifatini saqlab, nazorat usullarini takomillashtirish muhimdir.

Emizish davrida shakllangan immunitet (organizmni barcha mikroblardan: bakteriyalar, viruslar, parazitlardan himoya qilish) tugʻilgandan keyin va 6 oygacha boʻlgan davrda kasallik va oʻlimdan himoya qiladi. Koʻkrak suti bolaning immunitetiga davomli taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda himoyaning taʼsiri kuchlidir.

Ona va bolaning yaqinligi ikkalasiga ham foydali taʼsir koʻrsatadi – chaqaloq issiq va qulay holatda boʻladi, yangi tugʻilgan chaqaloqning qondagi qand miqdori barqarorlashadi, ona va chaqaloqdagi stress darajasi pasayadi, ularning hissiy munosabatlari mustahkamlanadi, emizish jarayoni boshlanadi va osonroq kechadi.