Egri-bugri chiziqlar oʻyini
Kerak boʻladigan materiallar: qalamlar yoki ruchka, qogʻoz.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: birinchi ishtirokchidan koʻzlarini yumgan holda egri-bugri chiziqlar chizishini soʻrang. Aniq biror narsa chizish shart emasligini tushuntiring, shunchaki chizish kerak, masalan, chiziqlar, shakllar yoki gajaklar. Ishtirokchi chizishni tugatganidan soʻng, qogʻozni boshqa ishtirokchiga uzatishi kerak. Bu oʻyinchining vazifasi – chizgilarni biron-bir haqiqiy narsaga aylantirish. Bu traktor, oʻzga sayyoralik, dinozavrlar toʻdasi yoki istalgan boshqa narsa boʻlishi mumkin. Qolgan ishtirokchilar rasmda nima chizilganini topishi kerak!
Agar bolalar guruhi katta boʻlsa, navbatma-navbat chizishlari uchun ularni juftlarga ajratishingiz mumkin.
Bolalarga rasm chizishdagi erkinlik yoqadi, yakuniy natija esa, albatta, kulgili boʻladi!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: chizish ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam berishi isbotlangan! Bu mashgʻulot, shuningdek, bolangizning miyasini uch xil oʻrganish uslubi bilan ishlashga majbur qiladi: vizual, kinestetik va eshitish.