Fantaziya uchun kiyimlar

Kerak boʻladigan materiallar: adyol va choyshablar, mato qiyqimlari, har xil bosh kiyimlar, hojatxona qogʻozi oʻrami, folga, parik, niqoblar, turli qahramonlarning oldindan sotib olingan kiyimlari.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlash uchun hamma narsalaringizni xona oʻrtasiga yoki maxsus qutiga joylang. Mavjud narsalardan kim eng yaxshi kiyim oʻylab topishini tezda muhokama qilib oling. Ikki daqiqadan soʻng kimning gʻoyasi eng yaxshi ekanini tanlang.

Agar farzandingiz aniq bir qahramon, masalan, robot boʻlgisi kelsa, bu gʻoyaga ijodkorona yondashib, korobkalarni folga bilan oʻrashni boshlang. Fantaziya uchun kiyimga vaqt va ijodkorona gʻoyalaringizni sarflasangiz, farzandingiz albatta uni kiygisi keladi!

Agar sizda maxsus kiyimlar boʻlmasa, bolalarga mavzuni oʻzingiz bering (masalan, koinot).

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu oʻyin bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantiradi! Bolalarga turli xil material va teksturali rang-barang, chiroyli liboslar variantlarini taklif qiling va natija qanday boʻlishini koʻring. Bolalar yoʻlakcha boʻylab yurib, oʻzlarining kiyimlarini namoyish qilishi yoki butun kunni oʻzlariga yoqadigan maʼlum bir qahramon uchun nimadir yaratish bilan oʻtkazishi mumkin. Bolalar oʻzlari kim boʻlishni xohlasa, oʻshanga taqlid qilishni yoqtiradi.