Frizbi
Kerak boʻladigan materiallar: uchar likopcha (frizbi).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: agar faqat ikki kishi oʻynasa, bir-biringizdan uzoq boʻlmagan masofada qarama-qarshi turing. Oʻyinchilar bir nechta boʻlsa, hammadan aylana boʻylab turishini soʻrang. Oʻyinning maqsadi – bilakdan foydalanib, tebranish yoki otish harakatlarini hosil qilgan holda uchar likopchani bir-biriga uloqtirish. Har safar kimdir uchar likopchani tutganida barcha oʻyinchilar oralaridagi masofani kattalashtirish uchun bir qadam orqaga chekinadi. Qanchalik uzoqqa borishingiz mumkinligini koʻring!
Birinchi uchar likopcha disklari odamlar uloqtirishni yaxshi koʻradigan yegulik mahsulotlarining metall qopqoqlari va pishiriq qolilplari boʻlgan!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: uchar likopchani nishonga olish, aylantirish va uloqtirish bolalarning yirik motorikasini rivojlantiradi, shu bilan birga, ularga koʻplab kuchli jismoniy mashqlar va ochiq havodagi ermaklarni taqdim etadi! Shuningdek, oʻyinchilar otish, ushlab olish va yugurishdan zavq oladi, bu esa ijtimoiy oʻzaro taʼsir va jamoaviy ishlarni ragʻbatlantiradi.